O’yinli texnologiyalar va ularning funksiyalari




Download 0,77 Mb.
bet28/46
Sana21.11.2023
Hajmi0,77 Mb.
#102386
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
Mavzu Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik

2.7.O’yinli texnologiyalar va ularning funksiyalari.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
O’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
Psixologlar ta’kidlaydilarki, o’yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o’yin o’ziga xos bo’ladi.
O’yinli faoliyat muayyan funktsiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo’ladi.
Ular quyidagilar:

  • maftunkorlik;

  • kommunikativlik;

  • o’z imkoniyatlarini amalga oshirish;

  • davolovchilik;

  • tashxis;

  • millatlararo muloqot;

  • ijtimoiylashuv.

Tadqiqotchilar o’yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O’yinlarning muhim qirralari S.A.SHmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbirni) tufayli bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko’ra, faoliyat jarayonining o’zidan bahra olish uchun qo’llanadi.
O’yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakterga – “ijod maydoni”ga ega bo’ladi. O’yin uchun hissiy ko’tarinkilik xosdir. U o’zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo’ladi.
O’yinning o’yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko’zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo’lishini ko’rsatadi.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o’yinga faoliyat, jarayon va o’qitish metodi sifatida qaraydilar.

Download 0,77 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’yinli texnologiyalar va ularning funksiyalari

Download 0,77 Mb.