|
Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
|
bet | 31/46 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #102386 |
Bog'liq Mavzu Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik Imitatsion o’yinlar. Bunday o’yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o’tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi mumkin. Stsenariyda bunday o’ynash to’la tuzilmasi yozib chiqilgan va imitatsiya qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion (voqeiy) o’yinlar. Bunday o’yinlarda aniq o’ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o’yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.
Rolь ijro etish o’yinlari. Unda konkret shaxsning xulqi, xatti-harakati, o’z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o’ynaladi. Bu o’yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo’ljalni to’g’ri baholay olishni o’rgatish, o’zining xulqiga to’g’ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish, ular bilan muloqot o’rnata olishga o’rgatishdir.
Psixodrama va sotsiodrama. Bu ham o’ziga xos “teatr”, lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko’zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o’zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
Muammoli o’qitish bosqichlari:
Muammoli vaziyat yaratish.
Vaziyatlarni taxlil qilish asosida muammolarni qo’yish.
Farazlarni yuzaga chiqarish almashtirish va tekshirish jarayonlarini mujassam etuvchi muammolarni hal etish.
Echimni tekshirish.
Muammoli o’qitish ta’lim oluvchilar uchun uning ushbu muammoni yechimini topish bo’yicha qanday va qancha harakatlarni amalga oshirishi bilan bog’liq holda turli darajadagi qiyinchiliklarni tug’dirish mumkin.
Quydagi hollarda inson uchun muammoli vaziyat yuzaga keladi:
○ bilish ehtiyojlari va topshiriqni yechishning intellektual imkoniyatlari mavjud bo’lsa;
○ eski va yangi ma’lum va noma’lum shart-sharoit va talablar o’rtasida murakkabliklar, qarama-qarshiliklar bo’lsa;
A.M.Matyushkin bo’yicha muammoli vaziyatlar quyidagi mezonlar bo’yicha tabaqalashtiriladi:
1.Muammoni yechishda bajarilishi lozim bo’lgan harakatlar tuzilishi (masalan, harakat usulini topish);
2.Muammoni yechuvchi insonda ushbu harakatlarning rivojlanganlik darajasi;
3.Intellektual imkoniyatlarga bog’liq holda muammoli vaziyatning qiyinligi.
T.V.Kudryavtsev bo’yicha muammoli vaziyatlar turlari:
O’quvchilardagi mavjud bilimlar va yangi talablar o’rtasidagi nomuvofiqlik vaziyati.
Aniq muammoli topshiriqni yechimi uchun yagona zarur bo’lgan mavjud bilimlardan birini tanlash vaziyati.
Mavjud bilimlarni yangi sharoitlarda qo’llash vaziyati.
Nazariy asoslanganlik va amaliy qo’llanish o’rtasidagi qarama-qarshilik vaziyati.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
talabaga notanish faktning mavjud bo’lishi;
vazifalarni bajarish uchun talabaga berilidigan ko’rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashakkatini hal kilishda ularning shaxsiy manfaatdoligi;
Muammoli vaziyatni yaratish metodikasi:
Talabalar muammoning yechimini o’zlari topishga urinadilar;
Talabalar bitta savolga har xil fikrlar bildiradilar;
Fikrlar taqqoslanadi, umumlashadi va xulosa chiqariladi.
Muammoli o’qitishning shakllari:
Ma’ruza yoki seminar darslarida o’quv materialini muammoli bayon etish;
Laboratoriya ishlari yoki tajriba qilishda qisman izlanuvchi faoliyat;
Bitiruv ishlarini bajarishda mustaqil tadqiqot faoliyati.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya’ni noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan.
Muammoli vaziyatning fikriy tahlil qiladigan bo’lsak, mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so’z bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o’rinda izchillik yorqin ko’rinadi avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so’ng o’quv muammosi shakllanadi.
O’qitish amaliyotida boshqa variant - o’sha muammo tashqi ko’rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo’ladigan variant ham uchraydi. Fikrlar, luqmalar nazaray qoidalar ziddiyatlar shaklidagi, savollar ko’rinishidagi muammoni ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo’ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), nomaьlum (ularni topish yaigi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo’nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma’lum bo’lgan o’quv muammosi vazifa qilib belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma’lum bo’ladi, lekin talabalar o’zlaridagi avval egallangan bilim va ko’nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo’lini izlashga tushadi.
SHunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uning mustakil hal qilinish usuli o’quv muammosi bo’la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo’la olmaydi.
O’quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
• yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning bo’lishi;
• talabalarda noma’lumni topish yo’lida talantni amalga oshirshi uchun zarur bo’lgan muayyan bilim zahirasining bo’lishi.
O’quv muammosini yechish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o’ylab topish yoki gipoteza qilish hamda uni asoslashdir.
O’quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uni hal qilinishida bir bosqich bo’lib xizmat qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari, maьlum va nomaьlumiing o’zaro munosabati xarakteri bilimga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo’lgan izlanishga undaydi.
Ta’kidlash joizki, muammoli o’qitishning zaruriy sharti talabalarda uning natijasini izlash jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabitni vujudga keltirish hisoblanadi.
Talabalarning muammoli o’qitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati muammoli vaziyat paydo qilinganda talabalar mashg’ulotda muammoni ifodalab berishdan iborat bo’ladi, yaьni bilishdagi qiyinchiliklarning paydo bo’lishi mohiyatini (ya’ni ushbu damda unga nima ma’lum bo’lsa) so’z bilan ifodalab beradi, so’ngra muammoning yechilish usullarini qidiradi va bunda turli taxminlarni olg’a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan taxminlardan birini faraz sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish muammo yoki vazifa bajarilgandan so’ng tugallanadi.
SHaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin:
|
| |