• Uchinchi sath
  • Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish




    Download 0,77 Mb.
    bet33/46
    Sana21.11.2023
    Hajmi0,77 Mb.
    #102386
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
    Bog'liq
    Mavzu Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik

    Birinchi sathda o’qituvchi o’zi muammoni qo’yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yechilish yo’lini qidirishga yo’naltiradi.
    Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar.
    Uchinchi sath - oliy sath bo’lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko’zda tutadi: muayyan muammoni ko’rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro’baro’» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo’naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar.
    O’qitishning bu metodini ma’ruza o’qishning axborot - tasviriy yondashuvdan qisman ijodiy metodga o’tish orqali amalga oshirish mumkin, ular talabalarda ma’ruzaning turli bosqichlarida va sharoitlarida muayyan bilish mashaqqatlarini tug’diradiki, ular o’qitish jarayonida avval shakllangan bilim va ko’nikmalarni joriy etish hamda qayta ishlash asosida muvaffaqiyatli hal qilinadi.Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash tizimida o’qituvchining ma’ruza jarayonida ularga e’tibor qaratish, o’quv-bilish faoliyatiga mos ko’rsatmalarni bera olishi muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda ma’ruzada o’quv fani mazmunining umumiy-ta’limiy qimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intellekti, dunyoqarashi, bilimlarni tasniflash va ko’llash usullari, ulardan tejamli foydalanish hamda to’g’ri baholay olish tarbiyasiga ta’sir etishni ham isbotlash lozim bo’ladi. Bunda muamoli o’qitish jarayonini quyidagicha tashkillashtirish taklif etiladi:

    O’qituvchi faoliyati

    Talaba faoliyati

    Savol, tajriba yoki vaziyat ko’rinishida muammoli o’quv vazifasini talabaga taklif etadi.
    Qo’yilgan o’quv topshirig’i bo’yicha talabalarning fikrlash faoliyatini tashkil etadi.
    Muammoli vazifani yechish variantlarini taklif etish, asoslash va o’zlashtirilayotgan mavzuga bog’lashni so’raydi.
    Muammoli-yo’naltiruvchi savolar bilan talabalar bilimini tekshiradi va talabalar taklif etgan o’quv muammosining yechimlarini umumlashtiradi, tahlil etadi.
    O’zlashtirilgan yangi bilimlarni mustahkamlash maqsadida savol ijodiy o’quv topshiriqlarini beradi.

    Muammoli topshiriqni tushunib, uni yechish yo’llarini izlaydi.

    Muammoni hal etish variantlarini taklif etadi.

    Variantlardan birini muammo yechimi sifatida asoslaydi.

    Tahlil va taqqoslash orqali masalani to’g’ri yechimini qidiradi.


    Mavzu yuzasidan umumiy xulosaga keladi.

    Mavzuni mustaqil mashqlar bajarish orqali mustahkamlaydi.





    Download 0,77 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

    Download 0,77 Mb.