|
Lazerli bug‘latish usuli bilan fullerenlar va nanonaychalar oluvchi qurilma sxemasi
|
bet | 3/5 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 20,61 Kb. | | #155954 |
Bog'liq Katta hajmli nanomateriallar olish usullariLazerli bug‘latish usuli bilan fullerenlar va nanonaychalar oluvchi qurilma sxemasi
Lazerli bug‘latish usuli bilan fullerenlar va nanonaychalar oluvchi qurilma sxemasi
Bundan tashqari lazerli bug‘latish metodi ham mavjud. Metodga ko’ra, lazer yordamida bug‘langan grafit sovutilgan kollektorga o‘tirib qoladi. Grafit maxsus kvars naychali pechga joylashtiradi. Grafitning termik changlanishi natijasida hosil bo‘lgan maxsulotlar issiq joydan olib ketiladi va sovutilgan kollektorning yuzasiga o‘tirib qoladi. Olingan cho‘kmada grafit nanozarralaridan tashqari fullerenlar va nanonaychalarni topish mumkin.
Bu metodning asosiy afzalligi olinayotgan nanonaycha xarakteristikalari lazer nurlanishi parametrlariga juda sezgirligidir. Xususan, nanonaycha diametri lazer nuri quvvatiga bog‘liq. Bu esa oldindan belgilangan, kerakli tuzilishga ega bo‘lgan nanonaychalar olish imkonini beradi. Usulning kamchiligi uning nisbatan past unumdorligi va keng ko‘lamlarda qo‘llash qiyinligidir.
Uglerodli nanonaychalar olishning bug‘dan kimyoviy cho‘ktirish metodi ham mavjud. U qulay va ommabop turi uglerodli gazni issiq metal katalizator yuzasiga termokimyoviy cho‘ktirishga (o‘tqazishga) asoslangan. Bu usul uglevodorodlarni katalitik parchalash usuli degan nomni ham oldi.
Uglerodli nanonaychalar olishning bug‘dan kimyoviy cho‘ktirish metodi ham mavjud. U qulay va ommabop turi uglerodli gazni issiq metal katalizator yuzasiga termokimyoviy cho‘ktirishga (o‘tqazishga) asoslangan. Bu usul uglevodorodlarni katalitik parchalash usuli degan nomni ham oldi.
Uglerodli gaz aralashmasi (odatda atsetilen С2Н2 yoki metanning СН4 azot bilan aralashmasi) 700-1000°С temperaturadagi pechkaga kiritilgan kvars naycha orqali o‘tkaziladi. Kvars naycha ichida sopoldan qilingan idishchada metal kukunidan qilingan katalizator joylashgan. Gaz atomlarining metal atomlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishi natijasida uglevodorodning parchalanishi katalizator sirtida ichki diametri 10nm gacha va uzunligi bir necha o‘n mikron bo‘lgan fulleren va nanonaychalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Nanonaychaning geometrik o‘lchamlari katta darajada jarayon borishi shartlariga (vaqti, temperuturasi, bosimi va bufer gazining turi va x.k), hamda katalizatorning dispersiyalanish darajasi va naviga bog‘liq.
|
| |