• Uglerodli fullerenlar va nanonaychalar olish
  • Mavzu: Katta hajmli nanomateriallar olish usullari Ma’ruzachi: Mamirov Abduvohid Muhammadamin o’g’li




    Download 20,61 Kb.
    bet2/5
    Sana13.02.2024
    Hajmi20,61 Kb.
    #155954
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Katta hajmli nanomateriallar olish usullari

    Nanozarralar fizikasini o’rganishda u jarayon tizimda dastlabki monokristalga tiklanguncha davom etadi. Bug‘dagi nanozarralar soni sezilarli darajada ko‘paygan vaqtdan boshlab, nanozarralar o‘lchami 100 nm ga yetguncha tizim nanoholatda bo‘ladi. Sistema muvozanat holatiga kelganda zarralar kompakt modda holatiga o‘tadi.


    • Nanozarralar fizikasini o’rganishda u jarayon tizimda dastlabki monokristalga tiklanguncha davom etadi. Bug‘dagi nanozarralar soni sezilarli darajada ko‘paygan vaqtdan boshlab, nanozarralar o‘lchami 100 nm ga yetguncha tizim nanoholatda bo‘ladi. Sistema muvozanat holatiga kelganda zarralar kompakt modda holatiga o‘tadi.

    • Dispergatsion metod yordamida mexanik energiya oqimi katta bo‘lgan vaqtda ko‘pchilik fragmentlar nanometrli o‘lchamga ega bo‘lganligi uchun sistema nanoholatda qoladi. Maydalash jarayoni yakunida nanozarralar sirtqi bog‘larining kompensatsiyalanmaganligi natijasida nanofragmentlar o‘sishni va kattalashishni boshlaydi. Buning hammasi sistemada dastlabki monokristal tiklanguncha davom etadi. Nanosistemalar noturg‘un ekanligini, ularni saqlashni yetarli shart - sharoitlari yaratilmasa ular o‘zining ixcham holatiga qaytishi mumkin.

    • Moddalarni nanozarralarga bo‘lish faqatgina mexanik yo‘l bilan maydalabgina emas, boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Rossiyaning «Yetakchi kukun texnologiyalari» kompaniyasi nanozarralarni metall tolalarini kuchli tok impulsi yordamida olishgan. 2003 yili Amerika olimlari anjir daraxti barglaridan Rhodococcus mikroorganizmlarini yig‘ib olib, ularni oltinli eritmaga solishdi. Bakteriyalar kimyoviy tiklovchi vazifasini bajarib, oltin ionlarini yig‘ib, o‘lchami taxminan 10 nm bo‘lgan nanozarralar hosil qilishi aniqlangan.

    Uglerodli fullerenlar va nanonaychalar olish

    Uglerodli fullerenlar va nanonaychalar olish


    • Hozirgi kunda turli o‘lchamli va xossali uglerod nanotuzilmalari olishning usullari ishlab chiqilgan. Texnologiyaga asosan nanonaycha va fullerenlar uglerodli materiallarni yuqori temperaturalarda kimyoviy aylanishlari hisobiga hosil bo‘ladi.

    • 1991 yilda yapon olimi Sumio Idjima birinchi marta nanonaycha oldi. Metod inert gaz bilan to‘ldirilgan kamerada gaz atomlarini ionlashtiruvchi grafit elektrodlari o‘rtasida elektrik razryad hosil qilishga asoslangan. Kamerada yuqori temperaturada grafit sirti bug‘lanadi. Bug‘langan uglerod atomlari plazmaning issiq qismidan sovuqroq qismiga borgach, temperaturaning birdan tushib ketishi natijasida kamera devori va katod sirtida o‘tirib qoladi. Bunday tuzilmalar fullerenlar va nanonaychalarni iboratligi aniqlangan. Uning bir qismi – grafit, qurum, va fullerenlar kameraning sovuq devoriga, grafit va nanonaychalar esa katodga o‘tirib qoladi.

    Download 20,61 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 20,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Katta hajmli nanomateriallar olish usullari Ma’ruzachi: Mamirov Abduvohid Muhammadamin o’g’li

    Download 20,61 Kb.