• Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi
  • Kompyuterdan foydalanish etikasi




    Download 168,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/8
    Sana20.12.2023
    Hajmi168,83 Kb.
    #125316
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2 Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika

    Kompyuterdan foydalanish etikasi. Kompyuterdan foydalanish etikasi 
    instituti notijoriy tashkilot bo‘lib, vazifasi texnologiyani axloqiy nuqtai nazaridan 
    targ‘ib qilish hisoblanadi.
    Ushbu tashkilot tomonidan quyidagi 10 ta etika qoidalari keltirib o‘tilgan: 
    − shaxsiy kompyuteringizdan boshqalarning zarariga foydalanmang;
    − boshqa foydalanuvchilarning kompyuter ishlariga xalaqit bermang;
    − boshqa foydalanuvchilarning kompyuter fayllariga qaramang;
    − о‘g‘irlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang;
    − yomonlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang;
    − o‘z pulingizga sotib olmagan dasturdan foydalanmang va nusxa 
    ko‘chirmang;
    − birovning kompyuteridan ruxsatsiz foydalanmang;
    − birovlarni intellektual mehnati samarasiga zarar yetkazmang;
    − siz yaratgan dasturning ijtimoiy oqibati haqida o‘ylang;
    − o‘z kompyuteringizdan boshqalarga nisbatan ongli va hurmat bilan 
    foydalaning. 
    Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi. Axborotdan oqilona foydalanish 
    kodeksi buxgalteriya tizimiga qo‘yiladigan talablarni ta’kidlaydigan beshta 
    prinsipga asoslanadi. Ushbu talablar AQSh sog‘liqni saqlash va insonlarga xizmat 
    ko‘rsatish vazirligi tomonidan 1973 yilda kiritilgan: 
    − shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdigan tizimlar bo‘lmasligi kerak;
    − har bir kishi tizimda u to‘g‘risida qanday ma‘lumotlar saqlanishini va undan 
    qanday foydalanilishini boshqarishi kerak;
    − har bir kishi o‘zi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlardan belgilangan 
    maqsadda foydalanilishini nazoratlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
    − har kim o‘zi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilashi kerak;
    − shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiruvchi ma’lumotlar to‘plamini yaratish
    saqlash, ishlatish yoki tarqatish bilan shug‘ullanadigan har bir tashkilot ushbu 
    ma’lumotlardan faqat belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishni 


    ta’minlash va boshqa maqsadlarda foydalanilishga qarshi choralar ko‘rishi 
    kerak. 

    Download 168,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 168,83 Kb.
    Pdf ko'rish