• Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari
  • Ishonchlilik.
  • Intellektuell mulk huquqlari




    Download 168,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana20.12.2023
    Hajmi168,83 Kb.
    #125316
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2 Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika

    Intellektuell mulk huquqlari. Internet tarmog‘ining doimiy ravishda o‘sib 
    borishi va turli ma’lumotlarni zichlash texnologiyalarining (masalan, mp3 fayl 
    formati) paydo bo‘lishi “peer-ro-peer” fayl almashinuviga katta yo‘l ochdi. Bu 
    imkoniyat dastlab Napster kabi dasturlar yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, 
    endilikda BitTorrent kabi ma’lumotlarni uzatish protokollarida foydalanilmoqda. 
    Uzatilgan musiqalarning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo‘lsada, 
    mazkur fayl almashinuvi noqonuniy hisoblanadi. 
    Hozirgi kunda aksariyat elektron ko‘rinishdagi media fayllar (musiqa, audio 
    va kinofilmlar) intelektual mulk huquqlariga rioya qilinmasdan ommaga 
    tarqalmoqda. Masalan, aksariyat katta mablag‘ sarflangan kinofilmlarning 
    “qaroqchilarcha (piratskiy)” versiyasining chiqishi bois o‘z sarf xarajatlarini qoplay 
    olmaslik holatlari kuzatilmoqda. 
    Bu holatni dasturiy ta’minotlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, aksariyat 
    dasturlar litsenziyaga ega hisoblansada, turli usullar yordamida ularning “darz 
    ketgan (crack)” versiyalari amalda keng qo‘llaniladi. Masalan, litsenziyaga ega 
    bo‘lmagan Windows 10 ОТ, antivirus dasturiy vositalari, ofís dasturiy vositalari va 
    h.k 
    Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari. Mualliflik huquqini 
    ta’minlashda turli himoya usullaridan foydalaniladi. Ular CD/DVD disklardagi 
    ma’lumotlarni ruxsatsiz ko‘chirishdan himoyalashdan tortib oddiy PDF fayllarni 
    tahrirlash imkoniyatini cheklash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu 


    bilan birga, aksariyat insonlar litsenziyali CD diskni sotib olib, undan ko‘chirish 
    imkoniyatiga ham ega bo‘lishim mumkin deb o‘ylaydilar. 
    Xavfsizlik. Internet tarmog‘idagi axborotdan xavfsiz foydalanish axloqiy 
    munozaralar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Bu birinchi navbatda jamoat faravonligini 
    himoya qilish yoki shaxs huquqini himoya qilish masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Internet 
    tarmog‘idan foydalanuvchilar sonining ortishi, shaxsiy ma’lumotlarning ko‘payishi 
    natijasida kiberjinoyatlar soni ortmoqda. 
    Ishonchlilik. Internetning mavjudligi va ba’zi bir shaxs yoki jamoalar tabiati 
    tufayli ma’lumotlarning ishonchliligi bilan shug‘ullanish muammoga aylanmoqda. 
    Boshqacha aytganda, Internetdagi ma’lumotlarning ishonchliligiga kim javob 
    beradi? Bundan tashqari, Internetdagi ma’lumotlarni kim to‘ldirishi, undagi xatolar 
    va kamchiliklar uchun kim javobgar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ko‘plab 
    tortishuvlar mavjud. 

    Download 168,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 168,83 Kb.
    Pdf ko'rish