• 2-MODUL. SANOAT KORXONASI – MILLIY IQTISODIYOTNING ASOSIY BO‘G‘INI Reja
  • 1. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda sanoat korxonalarining roli va o‘rni
  • Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни




    Download 0.97 Mb.
    bet4/65
    Sana07.11.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #29284
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    KOOC маъруза
    Mustaqil ish, hemisga vazifa (1), Andijon Iqtisodiyot va qurilish instituti, 1403772958 46713, texnologiya, Chaqiriqqa qadar boshlangich tayyorgarlik. 11-sinf (2018, Sh.Ubaydullayev, B.Gafurov)
    Tayanch suzlar:
    Ishlab chiqarish - bu jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni xosil qilish jarayonidir.
    Ishlab chiqarish omillari – bu mehnat vositalari, mehnat buyumlari va mehnat resurslaridir.


    Nazorat va muhokama uchun savollar:
    1.«KOOS korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish» faninng mohiyati va vazifalari nimalardan iborat?
    2. Ishlab chiqarish jarayoni deganda nima tushuniladi?
    3. Kimyo va oziq-ovqat sanoatining hususiyatlarini tar’iflab bering.
    4. .«KOOS korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish» fan qaysi fanlar bilan bog’liq?


    2-MODUL. SANOAT KORXONASI – MILLIY IQTISODIYOTNING ASOSIY BO‘G‘INI
    Reja
    1. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda sanoat korxonalarining roli va o‘rni
    2. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari
    3. Sanoat korxonalarining tasniflanishi
    4. Sanoat korxonalarining tarkibi va uni aniqlovchi omillar tuzilmasi


    1. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda sanoat korxonalarining roli va o‘rni
    Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi, birinchi navbatda, ishlab chiqarish jarayonida bevosita amalga oshiriladigan, xodimlar jamoasi mehnat qiladigan, texnika va texnologiya hamda moddiy resurslar qo‘llaniladigan korxonalarga bog‘liq. SHu sababli ham korxonalar milliy iqtisodiyotning asosiy, birlamchi ishlab chiqarish va xo‘jalik bo‘g‘ini hisoblanadi.
    Sanoat korxonasi – tegishli topshiriqlar asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish – texnik-iqtisodiy va tashkiliy mujassamliligi bilan tavsiflanadi. Korxonaning ishlab chiqarish – texnik mujassamliligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot iqtisodiy ahamiyatining hamda ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan, yagona xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil qilinishi bilan, korxonaning barcha bo‘g‘inlarida yagona texnik siyosat amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi.
    Korxonaning iqtisodiy mujassamligi – yagona reja va hisob-kitobning qo‘llanilishi, moddiy-texnik, moliyaviy resurslarlarning hamda iqtisodiy natijalarining umumiyligini bildiradi.
    Korxonaning tashkiliy mujassamligi bu erdagi xodimlarning yagona jamoasi va yagona rahbarlikning qo‘llanishini ifoda etadi.
    Korxonada ishlab chiqarish – xo‘jalik ishlarini kishilar amalga oshiradi. Boshqacha qilib aytganda sanoat korxonasi, bu kishilarning o‘ziga xos birlashmasi – ishlab chiqarish jamoasi – ya’ni maqsadning umumiyligi, umumiy mehnat, o‘z-o‘zini boshqarish idoralarining mavjudligi, ongli intizom, o‘zaro hurmat bilan tavsiflanuvchi kishilarning muayyan o‘zgarmas ijtimoiy guruhidir.
    YUqoridagi tushunchadan ko‘rinib turibdiki, korxona ishlab chiqarish tashkilotigina bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy tashkilot hamdir. Sanoat ishlab chiqarishi jarayonida kishilar ishlab chiqarish vositalarining ko‘p mulkliligi bog‘liq bo‘lgan holda o‘zaro aloqada bo‘ladilar.
    Sanoat korxonasidagi barcha ishlovchilar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishdan manfaatdordirlar, chunki sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish aloqalari do‘stlik va hamkorlik bilan tavsiflanadi.
    Sanoat korxonalarining asosiy vazifalari jamiyat uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosida o‘z faoliyatini, barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashdan iboratdir. Oqibat natijada milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun o‘z xissasini qo‘shishdan iborat.

    Download 0.97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни

    Download 0.97 Mb.