• Umumiy qoidalar; 2. Korxonalarni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi; 3. Korxonaning mulkdori va mol – mulki; 4. Korxonani boshqarish;
  • Korxonani turli omillar bo‘yicha harakterlash mumkin
  • III. Ma’muriy, huquqiy-tashkiliy munosabatida korxona huquqiy shaxs sifatida amal qiladi;
  • Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari




    Download 0.97 Mb.
    bet5/65
    Sana07.11.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #29284
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    KOOC маъруза
    Mustaqil ish, hemisga vazifa (1), Andijon Iqtisodiyot va qurilish instituti, 1403772958 46713, texnologiya, Chaqiriqqa qadar boshlangich tayyorgarlik. 11-sinf (2018, Sh.Ubaydullayev, B.Gafurov)
    2. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari
    Korxona – tadbirkorlik ob’ekti, mulkchilik majmui yoki asosiy ishlab chiqarish birligi. Qonuniy nuqtai nazaridan – u huquqiy shaxs. U birlamchi xo‘jalik bo‘g‘ini bo‘lib, 4 ta asosiy belgiga ega: asoslangan mulkka, tashkiliy birlikka, mulkiy javobgarlikka va xo‘jalik faoliyatida mustaqil qatnashishga.
    O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi.
    Korxonaning barcha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonunining quyidagi bo‘limlari orqali tartibga solinib turiladi:
    1. Umumiy qoidalar;
    2. Korxonalarni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;
    3. Korxonaning mulkdori va mol – mulki;
    4. Korxonani boshqarish;
    5. Korxona xo‘jalik faoliyatining asoslari;
    6. Korxonaning ijtimoiy kafolatlari;
    7. Korxona va davlat;
    8. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish.
    Korxonani turli omillar bo‘yicha harakterlash mumkin:
    I. Ishlab chiqarishning texnik munosabati – bu, tizim soni va quvvati, ishlab chiqarilayotgan mashinalarning soni va turlariga hamda ularni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq;
    II. Ijtimoiy munosabat – bu turli kategoriyadagi ishchilarning o‘zaro munosabatlarini huquqi va majburiyatlari asosini jamlovchi mehnat jamoasi;
    III. Ma’muriy, huquqiy-tashkiliy munosabatida korxona huquqiy shaxs sifatida amal qiladi;
    IV. Moliyaviy-iqtisodiy munosabat – bu, bozor munosabatlari tamoyillarida, ya’ni harid qobiliyati, o‘zini moliyaviy ta’minlash, o‘zini - o‘zi boshqarish asosida faoliyat yurituvchi mustaqil tarmoq bo‘g‘ini(zvenosi).
    Amal qiluvchi qonunlarga binoan korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng huquqiy shaxs deb tan olinadi.
    Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ta’sischining arizasi; korxona nizomi; korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror yoki ta’sischilarning shartnomasi; davlat boji to‘langanligi haqidagi guvohnoma.
    Har bir korxonaning nizomi tasdiqlanadi. Unda korxonaning nomi; joylashgan joyi; korxona bevosita bo‘ysunuvchi yuqori tashkilotning nomi; korxonaning ustav fondi va bank muassasidagi hisob raqami; korxona rahbari lavozimining nomlanishi, uning huquq va majburiyatlari; tuzilmaviy(strukturaviy) birlik ro‘yxati (perechen); bosh tuzilmaviy(strukturaviy) birlikning nomlanishi; hisobot tartibi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.

    Download 0.97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari

    Download 0.97 Mb.