• 4. Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni texnikaviy jixatdan tashkil etish
  • 10. Sanoat korxonalarida mehnatni tashkil qilish va ish haqi 11. Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish.
  • 15. Korxonada dispecherlik va tezkor tartibga solish 16. KOOS korxonalarida rejalashtirish va uning turlari 17. Biznes – reja va uning mohiyati.
  • 1. Ishlab chiqarishni tashkil qilish fanining mohiyati.
  • KELISHILDI: O`quv ishlari prorektori Safarov T.T. Mundarija




    Download 0.97 Mb.
    bet2/65
    Sana07.11.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #29284
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    KOOC маъруза
    Mustaqil ish, hemisga vazifa (1), Andijon Iqtisodiyot va qurilish instituti, 1403772958 46713, texnologiya, Chaqiriqqa qadar boshlangich tayyorgarlik. 11-sinf (2018, Sh.Ubaydullayev, B.Gafurov)
    KELISHILDI:
    O`quv ishlari prorektori Safarov T.T.
    Mundarija:
    1.“Kimyo va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarishni tashkil etish“ fanining mohiyati, vazifalari, strukturasi, boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.
    2. Sanoat korxonalari –milliy iqtisodiyotning asosiy bo’gini
    3. Ishlab chiqarish jaryonini tashkil qilish
    4. Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni texnikaviy jixatdan tashkil etish
    5. Yordamchi tsex va xo’jalik larda ishlab chiqarishni tashkil qilish. Ta’mir xo’jaligini tashkil qilish.
    6. Quvvat xo’jaligini tashkil qilish.
    7. Transport xo’jaligini tashkil qilish.
    8. Ombor xo’jaligini tashkil qilish
    9. Mahsulot sifatining texnik nazoratini tashkil qilish
    10. Sanoat korxonalarida mehnatni tashkil qilish va ish haqi
    11. Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish.
    12. Sanoat korxonalarida mehnatni texnikaviy me’yorlash (normalashtirish) asoslari.
    13. Marketing faoliyatini tashkil etish
    14. Korxona strategiyasini shakllantirish
    15. Korxonada dispecherlik va tezkor tartibga solish
    16. KOOS korxonalarida rejalashtirish va uning turlari
    17. Biznes – reja va uning mohiyati.
    1-MODUL: .“KIMYO VA OZIQ-OVQAT SANOATIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH’’ FANINING MOHIYATI, VAZIFALARI, STRUKTURASI, BOSHQA FANLAR BILAN UZVIY BOG’LIQLIGI.
    Reja:

    1. Ishlab chiqarishni tashkil qilish fanining mohiyati.

    2. Fanning ob’ekti va oldiga ko’yilgan vazifalar.

    3. Fanning strukturasi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.

    1. Ishlab chiqarishni tashkil qilish fanining mohiyati.
    Ishlab chiqarish - bu jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moddiy
    boyliklar xosil qilish jarayonidir. Ishlab chiqarish tarkibini mehnat faoliyati belgilaydi va u quyidagi elemntlardan iborat:
    -jonli mehnat;
    -mehnat buyumlari, ya’ni insonning ratsional faoliyati qaratilgan barcha
    resurslar.
    -mehnat vositalari (mashina, dastgoxlar, jixoz, uskunalar, instrumentlar va xok.).Bular yordamida inson mehnat buyumlarini o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida o’zgartirib, o’ziga moslab boradi.
    Ushbu elementlar bir-biri bilan turlicha bog’lansalar, turlicha natijalarga erishiladi.
    Ishlab chiqarishni tashkil qilish - ishlab chiqarish elementlarini ratsional
    tarzda birlashtirish, ularni joylashtirish , ulardan samarali, oqilona foydalanib, eng yaxshi, yuqori natijalarga erishish demakdir.
    Bu fan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha o’z vaqtida, sifatli va samarali ishlab chiqarish vazifalarni bajarish maqsadida korxona bo’limlarining aniq va bir-biriga muvofiq kelgan ishlarini ta’minlash uchun yo’l va usullarini o’rganadi.
    Bozor munosabatlari sharoitida mehnat jamoalari O’zbekiston Respublikasi «Korxona to’g’risida»gi qonuniga binoan ichki xo’jalik faoliyatining vazifalarini mustaqil ravishda hal etadi. Shu sababli, har bir boshqaruvchi, mutaxassis, ishchi ishlab chiqarishni tashkil qilish faninig asoslarini bilishi shart.
    Sanoat korxonalari uchun xos bo'lgan umumiy qonuniyatlar bilan birgalikda, ishlab chiqarishni tashkil qilish fani tarmoq hususiyatlarini ham inobatga oladi. Bunday hususiyatlar kimyo (oziq-ovqat) sanoati korxonalarida ham mavjud.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining samaradorligini oshirish masalasi eng asosiy vazifalaridan biridir. Bu vazifani xal qilish xalq xo’jalik uchun zarur bo’lgan mahsulotlar bilan ta’minlashni, ilg’or progressiv texnologiya va texnikalarni, ishlab chiqarishni tashkil qilishning samarali usullarini tadbiq qilish asosida ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
    Ushbu fanning nazariyasi va amaliyoti korxonadagi ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liqdir.
    Ishlab chiqarish bu jamiyat azolarining yashashi mamlakatning rivoji, taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayonidir. Ishlab chiqarish jamiyat miqiyosida ro’y bergani tufayli uni ijtimoiy ishlab chiqarish deb ham ataydilar. Ijtimoiy ishlab chiqarish o’zining bir- birini taqozo qiluvchi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosobatlari bilan ifodalanadi.
    Ishlab chiqarish muayam ishlab chiqarish usuliga xos ob’ektiv iqtisodiy qonunlariga movlfiq taraqqiy etadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlash uchun uni tashkil etish va boshqarish, kelajagini bashorat qilish, hozirgi axvolini tahlil etish va natijalarini xisob- kitob qilish kerak bo’ladi.
    “Ishlab chiqarish”ni tashkil etish- bu jonli mexnat jarayoni bilan ishlab chiqarish elementlari (mehnat qurollari va mehnat buyumlari)dan foydalanish jarayonini samarali va oqilona tashkil etish demakdir. Ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxonaga tegishli moddiy, mehnat va moliyaviy imkonyatlardan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, reja topshiriqlarni eng yaxshi ko’rsatkichlari bilan amalga oshirish. Bu fan ishlab chiqarishning eng ma’qul usullarini, zarur dastgox – uskunalarini tanlash kimyo va oziq ovqat korxonalarini mutanosib va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish grafigining buzulishiga yo’l qo’ymaslik, korxona va tsexlarda ishlab chiqarish estetikasi sanitariyasi, mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish demakdir.
    Ishlab chiqarishni tashkil etish va uni yuksak darajaga ko’tarishda rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. rejalashtirish tufayli ishlab chiqarish jarayoni boshqriladi va taribga solib turiladi.

    Download 0.97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KELISHILDI: O`quv ishlari prorektori Safarov T.T. Mundarija

    Download 0.97 Mb.