Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Choʻlpon (taxallusi; asl ismsharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov) (1897, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab madrasada (1908—12), soʻngra rustuzem maktabida (1912— 14) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiysiyosiy bilimini oshirgan. 1914 yil Toshkentga kelib, "Sadoi Turkiston" gaz. bilan hamkorlik qilgan. "Yangi Sharq", "Ishtirokiyun" (1920 yildan "Qizil bayroq", 1922 yildan "Turkiston") gaz.da adabiy xodim (1919—23), Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921 yildan Oʻlka oʻzbek bilim hayʼati, 1922 yildan Ilmiy hayʼat)da rais (1920—23), "Buxoro axbori" gaz.da muharrir (1921—22), "Turon" teatrida direktor (1921; 1922—23), "Mushtum" jur. va "Darxon" gaz.da texnik muharrir, adabiy xodim (1922—23), Oʻzbek drama studiyasi (Moskva, 1924— 27) va Oʻzbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh (192731), SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931—34), "Mushtum" va "Guliston" jur.lari hamda "Teatru" gaz.da adabiy xodim (jamoatchilik asosida, 1935—37).
Adabiy ijodi 1913—14 yillarda Andijonning ijtimoiy va madaniy hayoti haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. 1914 y. Toshkentda M.Abdurashidxonov va U.Xoʻjayev bilan tanishish Choʻlponning milliy uygʻonish harakati namoyandasi sifatida shakllanishida muhim omil boʻlgan. Choʻlpon "Sadoi Turkiston" gaz.da dastlabki "Turkistonli qardoshlarimizga" sheʼri, "Qurboni jaholat", "Doʻxtir Muhammadyor" hikoyalari va "Adabiyot nadir?" maqolasini eʼlon qilib (1914), shu davr adabiyoti namoyandalari safidan oʻrin egallagan. Turkiston aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qolokdik sharoitida yashayotganining asosiy sababini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatida koʻrgan Choʻlpon, boshqa jadidlar qatori, oʻz asarlari bilan xalqning madaniy va maʼrifiy saviyasini koʻtarishga kirishgan. Choʻlponning adabiy merosi sheʼriyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik va adabiytanqidiy maqolalar hamda tarjimadan iborat.
Choʻlponning sheʼriy asarlari "Oʻzbek yosh shoirlari", "Uygʻonish" (1922), "Buloqlar" (1923), "Tong sirlari" (1926) va "Soz" (1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gaz. va jur.larda eion qshshngan. Ular gʻoyaviytematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va ijtimoiysiyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat manzaralari tasvirlangan sheʼrlarida Choʻlpon jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan, Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta mahorat bilan aks ettirgan. "Goʻzal", "Sezgi", "Sirlardan", "Men shoirmi?" singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chikdi. Barmoq vazni Choʻlpon va Fitratning ijodiy izlanishlari bilan 20-yillarning boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining asosiy vazniga aylandi. Choʻlponning dramaturgiya sohasidagi dastlabki izlanishlari 1919 yilga oid. U shu yili "Temirchi", "Gunoh", "Choʻrining isyoni" singari kichik sahna asarlarini yozdi. 20-yillarning boshlarida esa Ch.ning "Yorqinoy", "Xalil farang", "Oʻldiruvchi" (1921), "Sevgi va saltanat", "Choʻpon sevgisi" (1922) pyesalari maydonga keldi (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Choʻlpon "Turon" teatriga direktorlik qilgan yillarida sahna sanʼati va dramaturgiya "sir"larini, shuningdek, rus tilini puxta egallagani tufayli 1924 y. Moskvada tashkil etilgan oʻzbek drama studiyasiga adabiy emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini bilmagan vatandoshlariga moskvalik mashhur artist va rejissyorlarning maʼruzalarini tarjima qilib berishdan tashqari, oʻzi ham studiyachilar uchun sahna asarlari ("Yorqinoy", "Yana uylanaman", "Qorovul uyqusi" (L.Sverdlin bilan hamkorlikda), "Uzun quloq bobo")ni yozib, rus va yevropa dramaturglarining pyesalari (K.Gotssi, "Malikai Turondot", N.V.Gogol, "Tergovchi", V.N. Bill Belotserkovskiy, "Labbay", Molyer, "Xasis")ni tarjima qilib berdi. Choʻlpon 1927 yilda Moskva va Boku drama studiyalari qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat namuna truppasi (1929 yildan Oʻzbek davlat teatri) tashkil etilgach, mazkur truppa (teatr) ning adabiy emakdoshi sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda uning kishilar va jamiyat hayotidagi nuqsonlarni hajv etuvchi "Mushtumzoʻr", "Hujum" (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928), "Oʻrtoq Qarshiboyev" (1929) kabi pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Choʻlpon ayni paytda teatr tarjimoni sifatida ham samarali ijod qilib, K.Goldonining "Ikki boyga bir qarol", Lope de Veganing "Qoʻzi bulok", U.Shekspirning "Hamlet", F.Shillerning "Bosmachilar", BillBelotserkovskiyning "Poʻrtana", S.Levitinaning "Hukm", A.Faykoning "Portfelli kishi", V.Tretʼyakovning "Naʼrangni tort, Xitoy!", Vs. Ivanovning "14—69 raqamli zirhli poyezd" pyesalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Choʻlpon adabiy emakdosh, dramaturg va tarjimon sifatida M.Uygur bilan birga professional oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi.
Choʻlponning adabiyot va sanʼat masalalariga bagishlangan faoliyati kichikkichik maqolalardan iborat boʻlsada, ularning ayrimlari dasturiy ahamiyatga ega. Choʻlpon 1914—15 yillarda yozgan "Adabiyot nadir?" va "Muhtaram yozuvchilarimizga" maqolalari bilan adabiyot va sanʼatning xalq va jamiyat oldidagi vazifasini, tarbiyaviymaʼrifiy ahamiyatini aniq belgilab berdi. U oʻzbek va xorijiy xalklar adabiyoti namoyandalari ("Marhum Tavfiq Fikrat", "Ikki yuqotish", "Rizo Tavfiqbek", "Tagor va tagorshunoslik", "Ulugʻ hindi", "Joʻrj Dandon", "Katta maktab egasi", "Uvaysiy", "Ustodning xislatlari"), teatr va musika sanʼati ("Abo Muslim", "Iblis", "Shayx Sanʼon", "Oydin", "Malikai Turondot", "Meyerxold teatri", "Tursunoy sahnada", "Ashulaga ishkiboz", "Qiziqlar", "Otabola sanʼatkor", "Bazmcholgʻu toʻdasi", "Ukraina bandurachilari"), til ("Shohnoma"ning turkcha tarjimasi", "Tilimizning ishlanishi") va tarjima ("Tarjima toʻgʻrisida jindak", "Soʻz, soʻz, suz") masalalariga bagʻishlangan maqolalari bilan 20-yillarda adabiy tanqid, sanʼatshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarining paydo boʻlishi va shakllanishiga katta hissa qoʻshdi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Cho‘lpon ijodi va uning nasriy asarlariga qisqacha izoh bering.
2. «Kecha va kunduz» romanida qaysi davr voqealari bayon qilinadi?
3. Cho‘lpon ilk bahorni qanday tasvirlaydi? Adibning badiiy mahoratiga baho bering.
4. Zebi tarbiya topgan oilaviy muhitni tavsiflang.
|