• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet2/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    DARSNING BORISHI:

    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi. Hayotning turli bosqichlarida insonning olamga qarashlari, qiziqish va ehtiyojlari ham o‘zgarib, takomillashib boradi. Uni inson va jamiyat, muayyan shaxs ruhiyati kabi masalalar ko‘proq qiziqtira boshlaydi. Yaxshi kitoblar qiziqishlarga munosib javob beradigan eng muhim manba sanaladi. Aslida, kitob o‘qishni bolalar ham, kattalar – hamma yaxshi ko‘radi. Chunki kitob har bir inson hayotida, dunyoqarashi ning shakllanishi va kenga yishida alohida o‘rin tutadi; undan har

    bir tafakkur egasi o‘ziga mos va munosib bo‘lgan ma’naviy ozuqa oladi.

    Ajdodlarning vatan, millat ravnaqi, erk-u ozodligi yo‘lidagi fidoyiliklari, mardonavorliklari, jasoratlari bayonidan, mehnatsevar va tadbirkor, aqlli, dono, ijodkor, kamtar, yuksak insoniy fazilatlar bilan ziynatlangan odamlar tasviridan qanchalik mamnunlik tuygan bo‘lsangiz, aksincha, qo‘rqoq va xiyonatkor, johil va nodon, ishyoqmas va tanbal, loqayd va madaniyatsiz kimsalar obraziga duch kelganda ichingizda bir afsus-nadomat va ranjishlar paydo bo‘lgandir, ehtimol. Bu hol Sizning ko‘nglingizda o‘zbekona milliy-ma’naviy hayot tarzimizga mos va munosib fazilatlar shakllanib borayotganidan darak beradi. Hadisi sharifda aytilganidek, «... agar siz yaxshi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lsangiz va, aksincha, yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, haqiqiy mo‘min ekansiz». Bu yaxshi insonga xos xislat belgisidir.

    Kitobxonlik madaniyatining yuksalishida o‘z ustida ishlashning, mustaqil va ijodiy faoliyatning ahamiyati beqiyos. Shuningdek, ulug‘ ajdodlarning hayoti va ijodidan saboq olish, ular yozib qoldirgan hayotiy hikmatlardan bahramand bo‘lish ham lozim. Mahmud Koshg‘ariy «Qut belgusi – bilig» degan maqolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lganini yozadi. Bu har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi. Bilimning manbayi esa, tabiiyki, kitob bo‘ladi.


    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1. Yozgi ta’tilda qanday badiiy asarlar o‘qidingiz? Ulardan olgan taassurotlaringizni sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

    2. Ular orasida sizga eng kuchli ta’sir qilgani qaysi asar bo‘ldi? Nega shunday bo‘lganini izohlang.

    2. Asar tanlash va uni mutolaa qilishda, asosan, nimalarga e’tibor berdingiz?

    3. Ko‘p kitob o‘qigan inson ma’naviyatiga qanday baho berasiz? Fikringizni hayotiy misollar asosida izohlang.

    4. O‘zbek adiblarining ma’naviyatga, adabiyotga doir qaysi hikmatli so‘zlarini bilasiz?

    5. Badiiy adabiyotning inson qalbi va jamiyat hayotiga ta’siri to‘g‘risida misollar asosida fikr bildiring.

    6. Ta’til davomida o‘zingiz o‘qigan badiiy asarlarga annotatsiya (qisqacha izoh) yozing.



    Download 325,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.