• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet14/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish


    DARSNING BORISHI:
    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

    Xalq og‘zaki ijodining turli-tuman janrlari, ayni paytda, xalqning tasavvuri, ijtimoiy-ma’naviy tafakkuri, dunyoqarashi, urf-odatlari va an’analari, milliy-ma’naviy qadriyatla rining tarixi va oynasidir. Ayniqsa, dostonlarda bunday imkoniyatlar juda katta. O‘zbek xalq dostonchiligida «Go‘ro‘g‘li» turkumi katta o‘rin tutadi. Hozirgacha uning tarkibida oltmishdan ortiq doston mavjud. Ularda xalq tarixi, taqdiri, o‘tmishdagi hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy- ma’naviy hamda ba diiy-estetik qarashlari o‘ziga xos tarzda aks etgan.

    Dostonda qahramonning tug‘ilishi va yoshligidanoq bahodirlik kuchini namoyish qilishi ancha keng tasvirlangan. Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom kata o‘rin tutadi. Bular xalq dostonlarining doimiy ishtirokchilari bo‘lib, ular xalq qahramonlariga homiylik, rahnamolik qiladi. Ular hali hayot tajribasiga ega bo‘lmagan qahramonga yo‘lyo‘ riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o‘rgatadi. Umuman, doston xalqning qadimiy va boy tarixini, jango var o‘tmishini, milliy-ma’naviy qadriyatlar mazmuni va mohiyatini yuksak badiiyat bilan ko‘rsatib bera olgan ajoyib badiiy-qomusiy merosdir
    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1. «Dostondan olgan taassurotlarim», «Menga yoqqan qahramon», «Hiloloyga aytadiganlarim», «Po‘lkan shoirga maktub» va boshqa mavzulardan biri asosida ijodiy matn yarating.

    2. Xoljuvon obrazi haqida nimalar deya olasiz? Undagi sog‘inch, sadoqat tuyg‘ularining ifodalanishini kuzating va bu haqidagi mulohazalaringizni ayting.

    3. Dostonning she’riy qismi ko‘pincha to‘rt misrali bandlar shaklida keladi. Fikr oqimining shiddati, his-hayajonning kuchi bilan ularda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Shunday o‘rinlarni toping va ularni izohlashga harakat qiling.



    Download 325,51 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.