Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Mahmud Koshg‘ariy Bolasog‘un shahrida dunyoga keladi. Uning to‘liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. Hozirgi Qirg‘izistonda Barskon nomida daryo va dovon
bor. Ular Issiqko‘l atrofida joylashgan. Xuddi shu yerda Barskon shahri bo‘lgan. «Barsg‘an – Afrosiyob o‘g‘lining nomi. Barsg‘an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu shahardan», – deb yozadi «Devon» muallifi. Uning bobosi
ham o‘sha yerdan bo‘lgan. mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo‘lib tanildi. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug‘atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olimdir. «Devonu lug‘ot at-turk» Mahmud Koshg‘ariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru – merosdir. Bu asarda olim turkiy tildagi so‘zlar ma’nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa xalq tilida mavjud namunalarga murojaat etadi. Muallifning: «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so‘zlar, saj’ (qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim», – deyishi bejiz emas.
«Devonu lug‘ot at-turk» asari 1072-yilda yozila boshlagan. Ammo unga kirgan materiallar 15–20 yillar davomida to‘plangan. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi: «Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlari,qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim», – deb yozadi. Mahmud Koshg‘ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ‘ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini» ko‘klarga ko‘taradi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini mahorat bilanko‘rsatib beradi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Mahmud Koshg‘ariy tug‘ilgan yurt haqida nimalarni bilasiz?
2. «Devonu lug‘ot at-turk» nima uchun qomusiy asar hisoblanadi?
3. Mahmud Koshg‘ariy turkiy va arab tillarini qiyoslagan
o‘rinni toping va uni izohlang.
4. Mahmud Koshg‘ariyning buyuk xizmatlari nimalarda deb
o‘ylaysiz?
|