Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Asarda zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi uchun kuyingan kishilar Ibrohimbiy obrazi orqali tasvirlanadi. Ibrohimbiy haqiqat tarafida, u xalq manfaatini ko‘zlaydigan odam. Shuning uchun elga yomonlik qilgan, hukumat ishlariga qaramagan, «kecha-kunduz chog‘ir ichib» yotgan Abulfayzxon siyosatini ham, ish boshiga kelgan Rahimbiyni ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Fitrat o‘z orzu-istaklarini uning tilidan bergandek taassurot qoldiradi. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o‘n besh yoshli Abdulmo‘minni xon qilib ko‘targanida esa «Men bo‘lg‘onda, Abulfayzxonni tushirgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», deydi. Qolaversa, Rahimbiyga qarata shunday bir gapni aytishdan toymaydi: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-ku Buxoro taxtini olarsiz. Abdulmo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim, meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir». Adolatning qaror topishini har qanday inson xohlaydi. Toj-u taxt bevafo va o‘tkinchi. Fitrat Ibrohimbiy tilidan shu haqiqatni bayon qiladi. Darhaqiqat, oxirgi sahnada Rahimbiy oldida ramziy obraz – Xayol paydo bo‘ladi. Fitrat o‘zi anglab yetgan va anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat bayoni uchun Xayolni: «Sen fazilatli bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘g‘izlading. Bola pichog‘I bilan otalarni yiqitding...», deya so‘zlatadi. Xayol asardagi eng kuchli va eng teran obrazlardan biri. Fojiadagi obraz larning o‘zaro ziddiyatlarini, tarixiy haqiqat kim tomonida ekanini tushunish uchun asarni sinchiklab o‘qish va ayni damda o‘sha davr tarixini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Fitrat «Abulfayzxon» fojiasi uchun Buxoro tarixidagi o‘ta ziddiyatli bir zamonni tanladi. XVIII asrda Buxoroda hukm surgan ashtarxoniylar sulolasi tugab, ular o‘rniga mang‘it amirlarining kelish hodisalarini qalamga oldi. Fitrat real tarixiy shaxslar bilan birga to‘qima hamda ramziy obrazlardan
unumli foydalandi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Hakimbiyning Nodirshoh bilan munosabatini matndan misollar keltirib izohlang.
2. Abulfayzxon saltanatining inqirozini qanday izohlagan bo‘lardingiz?
3. Rahimbiy bilan Abulfayzxon obrazlarini qiyoslang.
4. Asardagi Qurbongul qanday obraz?
5 Xayol nima uchun o‘zini Siyovush deb ataydi? Sababini tushuntiring.
|