Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Erkin Vohidov 1936-yilning 28- dekabrida Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Otasi Oltiariqning o'qimishli, obro'li odamlaridan bo'lgan. U tarix fanidan dars bergan, so'ng turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida frontga ketib, bosh miyasida oskolka jarohati va o'pka shamollashi kasali bilan qaytib keladi, 1945- yilda o'ttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada vafot etadi. Bir yildan so'ng bo'lajak shoirning onasi ham dunyodan o'tadi. Ikki qisqa umrning yolg'iz yodgori bo'lib, Erkin tog'asi qo'lida qoladi.«Otam frontda ekanida onam qishloq Sovetida sekretar vazifasida ishlar, qiyinchilik bilan kun kechirar edik. Jo'xori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qo'shilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va o'zi kechgacha yig`laganini unutmayman. O'ylab qarasam, bolalik xotiralarimning ko'pchiligi she'rlarga, dostonlarga ko'chgan ekan. «Nido», «Quyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oqsoqol», "Bolalik ekanda» she'rlari o'sha murg'ak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bo'lgan", — deb eslaydi shoir o'ksik bolalik yillari haqida.Toshkentda kechgan bolalik va o'smirlik yillarining eng yorqin esdaliklari shoir G'ayratiy tashkil etgan to'garak mashg'ulotlari va g'oyat olijanob hamda atroflicha bilimdon tog'asining xonadonida bo` lib turadigan adabiy suhbatlar bilan bog'liqdir. Chunki bu davralar unda badiiy so'zga ehtirom uyg'otdi, bo'lajak shoirni so'z go'zalligini his etishga o'rgatdi. G'ayratiyning to'garagiga qatnashib yurgan kezlarida, hali o'smir yoshida «Mushtum» jurnalida birinchi she'ri bosildi. She'r tagiga «22- maktab 7-«a» sinf o'quvchisi E. Vohidov deb yozilgan edi. Maktabni oltin medal bilan bitirgan Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining o'zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. So'ng turli nashriyot va gazeta-jurallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali «Yoshlik»ning tashkilotchisi bo'ldi. Keyingi yillarda O'zbekiston Oliy majlisining bo'lim mudiri vazifasida ishladi. E. Vohidovning birinchi she'rlar kitobi «Tong nafasi» nomi bilan 1961- yilda chop etildi. Shundan so'ng uning «Qo'shiqlarim sizga», «Yurak va aql», «Mening yulduzim", «Nido», «Lirika», «Palatkada yozilgan doston", «Yoshlik devoni", «Charog'bon», «Dostonlar», «Muhabbat», «Hozirgi yoshlar", «Tirik sayyoralar», «Iztirob» kabi she'riy to'plamlari nashr qilindi. Buyuk rus shoiri Sergey Yesenin she'rlari va olmon shoiri Gyotening ikki kitobdan iborat ulkan «Faust» fojiasini o'zbekchalashtirishi Erkin Vohidov talantining yana bir qirrasini namoyish qildi. Uning qalamiga mansub «0ltin devor» komediyasi nafaqat yurtimizda, balki chet mamlakat sahnalarida ham qo'yildi. U O'zbekiston xalq shoiri va O'zbekiston Qahramoni unvonlariga musharraf bo'lgan ijodkorlardan.
U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qoʻmita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Oliy majlisining qoʻmita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi «Tong nafasi» 1961 yilda chop etildi. Shundan soʻng uning «Qoʻshiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1964), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Yoshlik devoni»(1969), «Charogʻbon» (1970), «Quyosh maskani» (1972), «Tirik sayyoralar» (1978), «Sharqiy qirgʻoq» (1981), «Kelajakka maktub» (1983), «Muhabbat» (1984), «Hozirgi yoshlar» (1986), «Iztirob» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr qilindi. Shoir inson ruhiyatining nozik va ilgʻash mushkul manzaralarini taʼsirchan aks ettiradi. Odamni komil koʻrmoq istagi uning sheʼrlari asosini tashkil qiladi
«Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o‘zbek adabiyoti darg‘alari duosini olgan, o‘z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san’atkordir. Bunday shoir hech qachon zavol ko‘rmaydi».
Abdug‘afur Rasulov, adabiyotshunos
«Erkin Vohidov dilbar rubobiy taronalari, asr armoni, fig‘oni darajasiga ko‘tarilgan dostonlari qatori g‘oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, ayni paytda istehzo, kinoya-kesatiqlar, o‘tkir ijtimoiy pafos bilan yo‘g‘rilgan hajviyoti, Benazir tabassumi bilan ham elimiz uchun ardoqlidir».
Umarali Normatov, adabiyotshunos
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Erkin Vohidov ijodiga qisqacha tavsif bering.
2. «Ruhlar isyoni» dostoni qanday tarixiy haqiqatga bag‘ishlangan? Uning yozilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
3. Dostonning to‘liq matnini o‘qing, rivoyatlarga munosabat bildiring. Ularning asar mazmun-mohiyatiga ta’siri haqida fikr yuriting.
4. Hind xalqi qachon mustaqillikka erishgan? Tarix darsida olgan bilimlaringizga tayanib javob bering.
5. Dostondagi Nazrul Islom siymosiga tavsif bering. Uning qaysi sifatlarini qadrlaysiz?
|