Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan
boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuzaga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albatta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bamisoli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan asr boshlariga borib taqaladigan yuz yillik tarixi bor. O‘zbek dramasi tarixidan siz «Padarkush» (Mahmudxo‘ja Behbudiy), «Abulfayzxon» (Fitrat), «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) kabi ayrim namunalarni o‘qigansiz, albatta. Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada muallif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelikning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi. Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki
tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yana bir e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin» nomli (Sharof Boshbekov) tragikomediya ham mavjud. Uni ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi,
chuqur o‘yga toladi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Mustaqillik davrida qanday dramatik asarlar yozildi? Ulardan qaysi birlarini o‘qigansiz yoki tomosha qilgansiz? Taas surotlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
2. Dramani rollarga bo‘lib o‘qing?
3. Nima uchun Erkin A’zam dramani «Tanho qayiq» deb nomladi?
4. Dramaning bosh qahramoni – Orol boboga xos fazilatlarni izohlang.
|