• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet59/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    DARSNING BORISHI:

    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

    Xamsa — bu Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari klassik adabiyotining tarixiy, oʻta murakkab, 5 dostondan tashkil topadigan adabiy janridir. „Xamsa“ (arab. خمسة ‎) soʻzidan olingan boʻlib, „beshlik“ degan maʼnoni anglatadi. Odatda xamsaning barcha dostonlari sheʼriy masnaviy shaklda yozilgan.


    Xamsa janrnida ijod etishni ulug' ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Ganjaviy o'z xamsasini 1141-1201-yillar oralig'ida yaratgan bo'lib, u dastavval beshlik yozishni ko'zda tutmagan. Nizomiy 1173-1179-yillarda Arzin hokimi Faxriddin Bahromshohga bag'ishlab "Maxzan-ul-asror" ("Sirlar xazinasi") nomli hamdnomani bitgan. 1180-1181-yilda Iroq hukmdori To'rg'ul II ning iltimosiga ko'ra "Xusrav va Shirin" dostonini yaratadi. 1188-yilda Astaxan I Nizomiyga "Layli va Majnun" ni yozishni buyuradi.1196-yilda hukmdor Allovudin Ko'pra Arslonning topshirig'i bilan shoh Bahrom haqida "Haft paykar" ("Yetti go'zal") bitildi. 1196-1201- yillarda "Iskandarnoma" yaratildi. Shunday qilib besh doston dunyo yuzinki ko'radi. Ganjaviy bu dostonlarni jamlab, bitta nom bilan, ya'ni "Panj ganj" ("Besh hazina") deb nomlaydi va xamsa janriga asos soladi. Nizomiydan yuz yildan so'ng asli shahrisabzlik turkiy urug' avlodidan bo'lgan Husrav Dehlaviy(1253-1325) o'zining "Xamsa"sini 1299-1301 yillrda yozib tugalladi. U "Matla' ul-anvor"("Nurlarning boshlanmansi"), "Shirin va Husrav" , "Layli va Majnun" , "Hasht behisht" ("Sakkiz jannat"), "Oynayi Iskandariy"("Iskandarning oynasi") dostonlarini yaratib Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotshunoslikda xamsachilik an'anasi paydo bo'ldi.

    "Xamsa" deb atalgan dostonlar to'plami quyidagi mavzularda bo'ladi:

    1) Birinchi doston pand-nasihat shaklidagi ahloqiy-ta'limiy, ijtimoiy-falsafiy doston;

    2) Husrav va Shirin munosabatlariga bag'ishlangan doston;

    3) Layli va Majnunning ishqiy mojarolari aks ettirilgan, muhabbat mavzusidagi doston;

    4) Shoh Bahrom haqidagi sevgi-sarguzasht dostoni;

    5) Iskandar haqida qahramonlik dostoni.

    Xamsachilikda ulkan yutuqqa erishgan xamsanavislar quyidagilar:

    Husrav Dehlaviy(1253-1325)

    Abdurahmon Jomiy (1414-1492)

    Alisher Navoiy(1441-1501)[1]

    Xamsa adabiyotshunoslikda, shuningdek tarixiy va tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyat kasb qiladi.



    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1. Yusuf Xos Hojib asaridagi Kuntug‘di bilan Oyto‘ldi suhbatlari davomida qo‘llangan ramzlarni eslang. Ular bilan «Saddi Iskandariy»dagi ramzlarning qanday o‘xshash va farqli jihatlarini tasavvur qildingiz. Shu haqda gapirib bering.

    2. Iskandar kakliklar voqeasidagi yakundan xursand bo‘ladi. Buning sababini izohlay olasizmi?


    Download 325,51 Kb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.