• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet56/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    DARSNING BORISHI:

    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

    Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan. Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi she’riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari. Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan «Xazoyin ul-maoniy» devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga «G‘aroyib us-sig‘ar» («Bolalik g‘aroyibotlari»), ikkinchi qismiga «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirotlari»), uchinchi qismiga «Badoe’ ul-vasat» («O‘rta yosh badialari») va nihoyat, to‘rtinchi qismiga «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») degan nomlar berildi. «Xazoyin ul-maoniy» inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va o‘nlarcha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir. Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha she’rlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo‘lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog‘langan. Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy» ga qadar «Ilk devon», «Badoe’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlarini tuzgan. «Xazoyin ul-maoniy» ana shu 3 devonga kirgan hamda «Navodir ul-nihoya» tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan.

    "SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Hamsa" (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Hamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz "Hamsa"lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qurʼoni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrii bitta shaxs deb bilishgan va u sharkda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur boʻlgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy toʻqima obrazga aylana borgan. Har bir hamsanavis Iskandar timsolida oʻz ideallarini talqin etishga harakat qilgan.
    Navoiy oʻz asari avvalida, salaflaridan farqli oʻlaroq, tarixiylikka, koʻproq tarix kitoblariga tayanib ish koʻrganini yozadi. Navoiy bu oʻrinda oʻz asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qurʼondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning "S. I." deb nomlanishida ham Qurʼoni karimning Navoiy uchun birlamchi manba boʻlganligi seziladi.
    Navoiy talkinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartibqoidalarni katta olamdagi tartibqoidalarga muvofiklashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin boʻlib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini koʻrish mumkin. Mas, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi.
    Doston turkiy adabiyotda koʻplab naziralar yozilishiga turtki boʻlgan (Abay, "Iskandar", 19-asr; Shayxzoda, Iskandar Zulqarnayn", 20-asr va boshqalar). Iskandar obrazi sheʼriyatda anʼanaviy obrazga aylangan.
    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1. «Makorim ul-axloq»da tasvirlangan Alisher Navoiy shaxsiyati haqida nima deya olasiz?

    2. Xondamir tasviri va sizning tasavvuringizdagi Navoiy siymosidagi o‘xshash va farqli jihatlarni gapirib bering.

    3. Navoiyning bilim olishga bo‘lgan munosabati qanday tasvirlangan.

    4. Marv shahrida qurilgan madrasaga nima uchun «Xusraviya» nomi berilgan? Matnga tayanib izohlang.

    5. Navoiy qurdirgan binolarning tarixiy, ilmiy hamda amaliy ahamiyati haqida matnda nima deyilganini toping va ularni izohlang.

    6. Asarda Navoiyning badiiy mahorati va ijodiy salohiyati haqida nimalar deyilgan? Ularni o‘qing va tushuntiring.


    Download 325,51 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.