Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
«Saddi Iskandariy» «Xamsa» dostonlarining yakunlovchisi. U hajmiga ko‘ra ham eng yirik dostondir. U 89 bobdan iborat. Shundan 1–14-boblar kirishni, 15–87-boblar asosiy
qismni, 88–89-boblar xotima qismini tashkil etadi. Asosiy qism o‘zaro yaxlitlikni tashkil etadigan 18 ta mavzuni yori tadi. Ularda himmat, adolat, qish, bahor, to‘g‘rilik,
mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o‘lim va aza singari mavzular yoritilgan.
. Yaxlitlikning uchinchi qismini ayni mana shu sarguzasht va mulohazalar mazmuniga ishora qiluvchi hikoyatlar tashkil etadi.
U barcha fanlarni puxta egallagach, harbiy san’atni ham o‘rganadi. Aql va tafakkurni o‘stiradigan mashg‘ulotlar bilan jiddiy shug‘ullanadi. Faylaqus vafot etadi. Iskandar taxtga o‘tirishdan voz kechishni o‘ylab turganida, otasiing vasiyati esga tushadi. U: «Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim», – degan edi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Dostonda olimlarga qanday munosabat bildirilgani haqida o‘z mulohazalaringizni bildiring.
2. Dostondan olingan hikmatli so‘zlar orasida siz o‘rgangan parchalar bilan bevosita bog‘lanadiganlari bor. Ularni toping va fikringizni asoslang.
|