• Modellashtirish
  • Mavzu: Kirish. Fan maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Modellashtirish nazariyasining asosiy tushunchalari va modellashtirish turlari. Reja




    Download 267.49 Kb.
    bet1/24
    Sana28.02.2024
    Hajmi267.49 Kb.
    #163790
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    1-6 Mavzular
    Mavzu, 4-Laboratoriya, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja, MTA 1-amaliy ish topshiriqlari, netniki, parviz 1-mustaqil ish, Ismoilov 2, j.abdulaziz.dock, 3mbum, 2-, Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug, lab1-4.t.x, 1-Mustaqil ta'lim, 7-mavzu, openstack

    Mavzu: Kirish. Fan maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Modellashtirish nazariyasining asosiy tushunchalari va modellashtirish turlari.
    Reja:

    1. Kompyuterli modellashtirishning maqsadi. Fanning predmeti va ob’yekti

    2. Modellar va modellashtirish ko‘rinishlari

    3. Matematik model va uning turlari

    Modellashtirish deb, orginal-ob’yektning eng muhim xossalari haqida ma’lumot olish uchun uni ob’yekt-model bilan almashtirishga aytiladi. Bunday almashtirish originalning xossalarini o‘rganishni soddalashtirish, arzonlashtirish, tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Agar originalning uni tadqiq qilishga to‘sqinlik qiladigan xususiyatlari (belgilari) modelda mavjud bo‘lmasagina modellashtirish maqsadga muvofiqdir.
    Modellashtirish – orginal-ob’yektlar xossalarini ob’yekt-modellarining mos xossalarini tadqiq qilish vositasida o‘rganish usulidan iborat jarayondir. Modellashtirish ilmiy abstraksiyaning muhim quroli hisoblanadi. U ob’yektlarning bajarilayotgan tadqiqot uchun muhim bo‘lgan xususiyatlari (belgilari) – xossalar, o‘zaro aloqalar, strukturaviy va funktsional parametrlarni aniqlash, asoslash va tahlil qilish imkonini beradi.
    Original ob’yektni model ob’yekt bilan almashtirish va ob’yektlar xossalarini ularning modellari yordamida tadqiq qilishga modellashtirish nazariyasi deyiladi.
    Modellashtirish nazariyasi–modellarni qurishdagi o‘zaro bog‘langan tamoyillar, ta’riflar, usullar va vositalar majmuasidan iborat.Modellar esa modellashtirish nazariyasining predmetini tashkil etadi.
    Modellashtirish nazariyasi sistemalarning umumiy nazariyasi – sistemologiyaning asosini tashkil etadi.
    Ilmiy tadqiqotlar tarixida dastlabki modellashtirish usullaridan biri o‘xshashlik usulidir. Uning ma’nosi shundagi o‘rganilayotgan jarayon tajribaviy sharoitlarda boshqa «kichik mashstabda» amalga oshiriladi. Bunga misol sifatida samolyot qanotlarining havo oqimini kesib o‘tish jarayonini o‘rganishni keltirish mumkin. SHu maqsadda kanotning kichiklashtirilgan nusxasi yaratiladi va aerodinamik quvurga joylashtiriladi. Havo oqimini o‘tkazish yo‘li bilan qanotning kerakli xarakteristikalari tajribada aniqlanadi.
    Ob’yekt bilan bevosita tajriba o‘tkazish qimmatga tushadigan, yoki uni o‘tkazish mumkin bo‘lmaydigan, yoxud bunday tajriba kutilmagan natijalarga olib keladigan hollar (sog‘liq va ekologiya muammolari, tabiiy ofatlar) modellashtirish jarayonida alohida ahamiyatga ega. Real mavjud bo‘lmagan ob’yektlarni ham modellashtiradilar. Bunga misol sifatida texnik konstruktsiyalar, uchuvchi apparatlarni keltirish mumkin. Bunday hollarda modelni yaratish uchun zamonaviy matematika metodlari va hisoblash vositalarini jalb qilgan holda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish albatta zarur bo‘ladi.
    Modellashtirish jarayoni uchta elementni o‘z ichiga oladi: 1) sub’yekt (tadqiqotchi); 2) tadqiqot ob’yekti; 3) o‘rganayotgan sub’yekt va o‘rganilayotgan ob’yekt orasidagi munosabatni o‘rnatuvchi model.
    Biror A ob’yekt mavjud yoki uni qurish zarur bo‘lsin. Biz shu ob’yektni modellashtirish jarayonida boshqa biror ob’yektni (moddiy yoki fikran) konstruktsiyalaymiz yoki real dunyoda A ob’yektning modeli sifatida boshqa bir V ob’yektni topamiz. Modelni qurishning dastlabki bosqichida orginal-ob’yekt haqida muayyan bilimlar talab qilinadi. Model asosida bilish imkoniyatlari shunga tayanadiki, model orginal-ob’yektning qandaydir muhim tomonlarini aks ettiradi. Original va modelning yetarlicha o‘xshashligi va umuman modelning zarurligi masalasi har bir vaziyat uchun alohida tahlilni talab etadi.
    Shunday qilib, modellashtirilayotgan ob’yektning biror tomonini o‘rganish uning boshqa tomonlarini aks ettirishdan voz kechish evaziga amalga oshiriladi. Shuning uchun istalgan model orginalni faqat qat’iy cheklangan ma’noda almashtirishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, aynan bitta ob’yekt uchun bir qancha «maxsus» modellar yaratilishi mumkinki, ular tadqiq qilinayotgan ob’yektning muayyan tomoniga e’tiborni jalb etishi yoki ob’yektni turli darajada aniqlashtirilgan holda tavsiflashi mumkin.
    Modellashtirish jarayonining ikkinchi bosqichida model mustaqil tadqiq ob’yekti sifatida ishtirok etadi. Bunday tadqiqning ko‘rinishlaridan biri «modeli» eksperiment olib borishdir. Bunda berilgan model faoliyati uchun zarur shartlar o‘zgartiriladi va shunga mos holda modeldagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu bosqich natijasi model haqida to‘planadigan bilimlar hisoblanadi.
    Uchinchi bosqichda to‘plangan bilimlar modeldan orginalga kuchiriladi va ob’yekt haqida bilimlar to‘plami hosil qilinadi. Bu jarayon muayyan koidalar asosida amalga oshiriladi.
    Model haqidagi bilimlar orginal-ob’yektning modelda aks etmagan yoki modelni qurishda o‘zgartirilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlashtirilishi lozim. Biz etarlicha ishonch bilan qandaydir natijani modeldan orginalga o‘tkaza olishimiz uchun bu natija orginal va modelning o‘xshashlik belgilari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
    To‘rtinchi bosqichda modellar yordamida olinadigan bilimlarni amaliy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni ob’yektning umumlashgan nazariyasini qurish, uni o‘zgartirish yoki boshqarishda qo‘llash amalga oshiriladi.
    Modellashtirish–tsiklik jarayondirdir. Bu shuni anglatadiki, dastlabki to‘rt bosqichli tsikldan so‘ng ikkinchi va uchinchi tsikllar kelishi mumkin. Bunda tadqiq qilinayotgan ob’yekt haqidagi bilim doirasi kengaytiriladi va aniqlashtiriladi, berilgan model esa borgan sari mukammallashib boradi. Ob’yekt haqidagi bilimning yetarli emasligi va modelni qurishdagi xatolar sababli kelib chiquvchi kamchiliklar birinchi sikldan so‘ng aniqlansa, ular keyingi siklda to‘g‘rilanishi mumkin. Shunday qilib modellashtirish metodologiyasida o‘z-o‘zini rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud.

    Download 267.49 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 267.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Fan maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Modellashtirish nazariyasining asosiy tushunchalari va modellashtirish turlari. Reja

    Download 267.49 Kb.