ELEKTRONIKA ASOSLARI FANINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Achilov Sohibjon To‘lqin o‘g‘li
Jizzax
davlat pedagogika universiteti Texnalogik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich
talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada elektronika asoslari fanidan mashg
‘ulotlarni
tashkillashtirishning bugungi holati tahlil qilib chiqilgan. Ushbu fan qanday fan
ekanligi, maqsadi va vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu fanning o‘qitish metodikasi
hamda yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar va elektron materiallar o‘quvchilarda
elektronika asoslari fanidan chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirishga
xizmat qilishi maqolada aytib o‘tilgan.
Kalit
so‘zlar:
elektronika,
innovatsiontexnalogiyalar,
maqsad,
amaliymashg‘ulotlar,o‘quv jarayoni, metod, samaradorlik, pedagogik
texnalogiyalar.
KIRISH
Xalqaro miqyosda oliy ta
’lim mazmunini, ayniqsa elketronika asoslari fanining
mazmunini takomillashtirish, zamonaviy ta’lim texnalogiyalari asosida o‘qitish
orqali ta’lim texnalogiyalari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularni
elektronika fanining erishgan yutuqlari
dan ta’lim jarayonlarida foydalanishi va shu
kabi fanning amaliy jihatlari bilan qurolantirish borasida keng qamrovli ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda ham oliy ta’lim sohasiga zamonaviy bilim va ilg‘or xorijiy
tajribalarni keng joriy etish orqali kelgusi taraqqiyot va uning buyuk davlatga
aylantirishda kelajak avlodni intellektual salohiyatini yuksaltirish, ta’lim-tarbiya
ishlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni zamonaviy ilm-fan, madaniyat,
texnika, texnalogiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tushuntirib borish muhim
ahamiyat ahamiyat kasb etayotganligiga katta e’tibor qaratilmoqda.
|