Fan va texnikada axborot uzatish, qabul qilish,
qayta ishlash va saqlash
uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblarni o‘quvchi-yoshlarga
elektronika asoslari fani orqali o‘gatiladi.
Bugungi kunda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida(ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatish, meditsina, qishloq xo‘jaligi va h.k) foydalaniladigan eng zamonaviy
asbob uskunalar, jihozlar va buyumlar elektron boshqaruv yoki
nazorat tizimlariga
ega. Hattoki inson kundalik turmushida ham elektronika bilan “aqillilashtirilgan”
buyumlar ishlatilmoqda va buning natijasida “aqilli uy”, “aqilli turmush”, “aqilli ishlab
chiqarish” kabi konsepsiyalar shakllandi.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonida talabalarni rivojlantiruvchi,
shaxsga yo‘naltirilgan,kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim tarbiya
tizimi amal qilishi, talabalarda o‘qish hamda o‘rganishga
qaratilgan faoliyatning
shakllanishida har b
ir o‘quv fani bo‘yicha bo‘lgan bilimlarni egallash jarayonida
ularning ongi, tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o‘z xarakteriga
ko‘ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirish natijasida vujudga kelgan
ong va tafakkur bo‘lib, talabalarning jadal tarzda taraqqiy etishini ta’minlaydi.
Shuning uchun amaliyotda keng qo‘llaniladigan elektron qurilmalar, elektron
zanjirlar va ular haqidagi boshang‘ich tushunchalarga ega bo‘lish nafaqat
elektronika muxandislariga balki elektronikadan
foydalanadigan boshqa soha
vakillariga ham zarurat bo‘lib kelmoqda.
Ta’lim mazmunini xususiydan umumiyga qarab anglatish (induksiya),
qo‘shimcha malumotlar taqdimoti, atama, tushuncha, qoida va formula haqida
boshlang‘ich tassurot uyg‘otish maqsadida umumiydan xususiyga tomon anglatish
(deduksiya),
mavzuni rivojlantirish, rasm, chizma, sxema, diagramma kabi
illyustrasiyalar taqdimoti, tajriba namoyishi, boshlang‘ich
muammoga qaytish,
orttirilgan bilimlarni eslab qolishga qaratilgan mashg‘ulotlar mavzuni rivojlantirish
bosqichi zanjirini tashkil qiladi.
Dars mashg‘ulotlarni zamonaviy metodlardan foydalangan holda mazmunli
va qiziqarli tarzda tashkil etishda o‘qituvchilar metodik qo‘llanmalardan
foydalanishlari hamda mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan
foydalangan holda qiziqarli tarzda tashkil etish metodlari,
turli inter faol
metodlardan foydalanish orqali fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadga
muvofiqdir.
Talabalar uchun elektronikaga oid barcha turdagi asbob-uskuna va jihozlar
universi
tet amaliyot xonasida joylashgan, bundan ko‘zlangan
asosiy maqsad,
bo‘lajak pedagoglarning nazariy va amaliy bilim salohiyatiga ega kadrlar bo‘lib
yetishi hamda,
kelajakda o‘zining bilimlarini pedagogik faoliyatida ko‘rsata olishi
uchun sharoitdir.