Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, oliy ta’lim muassasalari
uchun elektronika
asoslari fanidan mashg‘ulotlarning takomillashgan mazmunini ishlab chiqish,
samarali o‘qitishni ta’minlovchi o‘quv qo‘lanmalar, ilmiy-uslubiy, metodik tavsiyalar,
dars ishlanmalari hamda elektron ishlanmalar tayyorlash davr talabidir.
MUHOKAMA
Oliy ta’lim muassasalarida elektronika asoslari fanini o‘qitishga
oid tanlangan
mavzulardan o‘quv jarayonida foydalanish quyidagi maqsadlarni amalga
oshirishga imkoniyat yaratadi:
Elektron
ika asoslarini o‘qitish uchun tanlangan
mavzular elektronika asoslari o‘quv fanining o‘quv ish rejasi va dasturi talablariga
mos
kelishiga, o‘quvchilarning oson o‘zlashtira olishi va shakllangan bilimni
amaliyotda qo‘llay olishiga, fan-texnikaning zamonaviy rivojlanishiga mos kelishi;
tanlangan mavzularning
mantiqan ketma-ketligi, ilmiyligi,
nazariya bilan
amaliyotning uzviyligining saqlanganligidan iborat.
XULOSA
21-asrdagi fan-texnika taraqqiyotining asosiy drayverlaridan biri bu shubhasiz
elektronika sohasidir. Elektronika sohasi taraqqiyoti elektronikaning inson
faoliyatining barcha sohalariga kirib borishiga
va shu sohalarning ham
rivojlanishiga oib keladi. Mutaxassislar o‘z sohalarida elektron boshqaruv bilan
“aqllilashgan” asbob uskunalardan foydalanar ekanlar elektronika sohasi bo‘yicha
ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, qoida va shartlarga amal qilishlari
talab etiladi. Insoniyat yashash muhiti va faoliyat sohasining
raqamlashishi esa
elektron qurilmalarning yangi prototiplarining yaratilishi va joriy qilinishiga ehtiyojni
oshirmoqda.
Bu faktorlarning barchasi bevosita amaliyotda qo‘llaniladigan elektron
qurilmalar haqidagi ya’ni, “Amaliy elektronika” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarning
ahamiyatini oshiradi va har qanday soha vakillari uchun ham zaruratga aylantiradi.
Shuning uchun amaliy elektronika bo‘yicha
sodda va qulay, yengil o‘qiladigan
adabiyotlarga bo‘lgan talab ortib boradi.