Mavzu: Kirish. O‘quv ustaxonasida xavfsizlik
texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari.
Chilangarlik ish o‘rnini tashkil etish
Reja:
1.Mehnat muhofazasi va nazorati
2.Yong‘in xavfsizligi
3.Texnika xavfsizligi qoidalari
➢
Har qanday texnologik jarayonni to‘g‘ri va muvafaqqiyatli bajarish
uchun ish o‘rnini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga
ega. Ish o‘rniishlab chiqarish sexi,
➢
Ish o‘rni ozoda va xona harorati me’yorda bo‘lishi;
➢
Tartibli bo‘lishiga rioya qilish;
➢
Ishchi kiyim (jomakor) havo-bug‘ o‘tkazadigan, ishchini tashqi
muhitning noqulay ta’siridan asrashi, xarakatga halaqit bermasligi
kerak. Ish oldidan yengining tugmalari qadalgan, kiyimning etaklari
yoyilib ketmasligi, sochni bosh kiyim ostiga joylash zarur. Oyoq
kiyim oyoqdan chiqib ketmaydigan, sirpanmaydigan va oyoqni
ifloslanish hamda jarohatlanishdan saqlay oladigan bo‘lish kerak.
✓
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasalliklar
✓
Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishlar. Jarohatlanish (grekcha trauma-yara) deb odam organizmiga
ishlab chiqarish omillarining xavfli ta’siri natijasida, ya’ni baxtsiz hodisa tufayli organizm to‘qimalarining
jarohatlanishi va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi. Ular beixtiyor (lat eyish, kesib olish, sinish, chiqish va
boshq), kimyoviy (kislota va ishqorlar ta’sirida kuyish), termik (odam organizmiga yuqori yoki past harorat
ta’sir etib, kuyish, yoki sovuq urishi), elektrdan kuyish, tok urish va boshq. – psixologik (qattiq hayajonlanish,
qo‘rquv va boshq) turlariga bo‘linadi.
✓ Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki kasbiy ish qobiliyatini yohud ikkalasini ham yo‘qotishi mumkin;
➢
Korxona nazorati – xo‘jalikda, shuningdek mehnat muhofazasiga doir ishlarni tashkil qilishda va unga umumiy
rahbarlik qilish korxonalarda o‘rinbosarlardan biriga, jamoat xo‘jaliklarida rahbarlar zimmasiga yuklatiladi.
Jamoat nazorati – bu ishni mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan mehnat muhofazasi
bo‘yicha saylangan vakil tomonidan tekshiriladi.
➢
Yong‘in xavfsizligi, yong‘inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlar Xo‘jalikda yong‘inni keltirib
chiqaradigan sabablar: isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi, ishlab chiqarishda yoki
xonada olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish, kerosinda ishlaydigan yoritish va qizdirish asboblarini noto‘g‘ri
o‘rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish, yashin yoki statik elektr zaryadlar, mashinalar va ishlab
chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik.
➢
Yong‘inning oldini olish tadbirlari: tashkiliy (ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi navbatchilik yoki
yong‘indan muhofazalash navbatchilar guruhini tuzish, omma orasida tushuntirish ishlarini
olib borish).
➢
Texnikaviy tadbirlarga quyidagilar kiradi: Yong‘in yoki portlash jihatidan xavfli xonalarga
alohida konstruksiyali elektr jihozlar o‘rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elektr jihozlardan,
shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda
olovdan foydalanishni taqiqlab qo‘yish, yashin qaytargich o‘rnatish, chiqqan yong‘inning
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish (ob’ektlarni o‘tga chidamli materiallardan
qurish, binolar orasidagi yong‘inga qarshi oraliqlarga rioy aqilish), yong‘inni o‘chirishni
yengillashtiradigan tadbirlarni ko‘rish (Yong‘inni o‘chirish narvonlari, yong‘inni kuzatish
mumkin bo‘lgan balandliklar, suv havzalari va binolarga kelish yo‘llarini qurish, yong‘in
aloqasi hamda xabarlagichlar o‘rnatish
➢
O‘t o‘chirish vositalari -yong‘inni o‘chirish yo‘llari va o‘t o‘chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda
yong‘inni o‘chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo‘linadi.
➢
Asosiy vositalar - yong‘inga o‘t o‘chirish vositalarini (suv, ko‘pik, kukun, karbonad angidrid gazi va boshq.)
sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil avtosisterna, motopompa, o‘t o‘chirgichlar va boshqalar kiradi.
➢
Yong‘inni o‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko‘targichlar,
yoritish va aloqa avtomobillari, shuningdek tezkor avtomobillar kiradi.
➢
Yordamchi vositalar-yong‘inni o‘chirish ishlarini bajarish uchun yetarli sharoit yaratadi. Bularga avtosuv
quygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar, traktor va boshqa mashinalar kiradi.
➢
O‘t o‘chirgichlar- yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘llaniladi. Ular turli hajmdagi o‘t o‘chiruvchi
moddalar bilan to‘lg‘iziladi. O‘t o‘chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar ko‘pikli, gazsimon,
suyuq, kukunsimon guruhlarga bo‘linadi.
Document Outline - Слайд 1
- Слайд 2
- Слайд 3
- Слайд 4
- Слайд 5
- Слайд 6
- Слайд 7
- Слайд 8
- Слайд 9
- Слайд 10
|