Mavzu: kirish suhbati. «SO’zdan so’zning farqi bor »




Download 345,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.02.2024
Hajmi345,94 Kb.
#158418
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-yillik

6-bosqich. 
Uyga vazifa 
berish 
Uyga 3-4 mashq beriladi. 
Tushuntirish 
2 daq 
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) 
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti. 
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish; 
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish. 
II. O’tgan mavzuni so’rash. 
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka; 
b) frontal (guruh bilan ishlash). 

III. Yangi mavzu: 
2-topshiriq.Matnni o’qing. 
Til-fikrni bayon etish va o’zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi. U 
o’z vazifasini og’zaki va yozma shaklda bajaradi. Til ikki ko’rinishda namoyon
bo’ladi: adabiynutq va sheva nutqi. Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega. 
Shevaning belgilab qo’yilgan qonuniy me’yorlari yo’q. 
Adabiy nutq –xalq tilining ishlov berilgan, qat’iy qoidalashtirilgan ko’rinishi. U 
ko’p shevali millatning yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir so’z va
qo’shimchaning adabiy nutqdagi talaffuzi va imlosi, tinish belgilarining qo’llanishi, 
odatda, qoida sifatida qonun bilan aniq belgilab qo’yiladi. Zarur hollarda bu
qoidalarga amal qilmaslik qo’pol xato, qonunni buzish sifatida baholanadi. Og’zaki
adabiy nutqning ham yozma adabiy nutqning ham o’z qoidalari bor. Har doim ham
aytilgandek yozish, yozilgandek aytish to’g’ri bo’lavermaydi. Odatda, barcha rasmiy 
yozishmalar, hujjatlar,o’qitish va nashr ishlari, ommaviy axborot vositalarining
xabarlari adabiy nutqda beriladi. Adabiy nutq me’yorlariga amal qilmaslik savodsizlik 
va madaniyatsizlik emas, balki o’z ona tiliga nisbatan hurmatsizlikdir. “Ona tili” 
o’quv predmeti o’quvchilarni so’z boyligini oshirib, so’z qo’llash malakasini 
shakllantiradi va yuksaltiradi. Faqat rasmiy holatlarda adabiy nutq me’yorlariga 
rioya qilish talab etiladi. Esda tutish lozimki, oila davrasida, o’zaro suhbatlarda 
sheva nutqida so’zlash ayb emas. Madaniyatli kishi adabiy nutqqa ham, sheva


nutqiga ham o’z o’rnida rioya qiladi. 
 Adabiy nutqning turli qo’llanish sohalari mavjud. Masalan, og’zaki so’zlashuv 
sohasi, badiiy adabiyot sahasi, axborot-targ’ibot sohasi, ish yuritish sohasi,ilmiy soha. 
Adabiy nutqning biror sohaga xoslangan bunday ko’rinishi adabiy nutq uslubi
deyiladi.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o’ziga 
xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko’rinishlari — uslublari mavjud. 
Bular quyidagilar: 
1) so’zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) ilmiy uslub; 5) rasmiy-
idoraviy uslub. 
So’zlashuv uslubi - oilada, ko’cha- ko’yda fikr almashish jarayonida qo’llanadigan 
nutq uslubi. So’zlashuv uslubi,ko’pincha, dialog shaklida bo’ladi. So’zlashuv uslubida
adabiy nutqning og’zaki me’yorlariga qat’iy rioya qilish talab etilmaydi. Ammo turli
sheva vakillari suhbatida adabiy nutqning og’zaki me’yorlariga rioya qilish 
madaniyatlilik hisoblanadi. 
Publitsistik uslub axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks 
ettirishga xoslangan ommaviy axborot vositalari (radio-televidenie, gazeta-jurnallar) 
uslubidir.
Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo’lib, unda badiiylik, 
ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. 
Ilmiy uslubga mantiqlilik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo’llanilishi xos bo’lib, 
barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yozilgan. 
Rasmiy-idoraviy uslub o’ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident 
farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog’ozlari, idoralararo yozishmalar va 
shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va 
aniq bo’ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, 
tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so’zlar va so’z birikmalari keng qo’llaniladi. 
3-topshiriq. Matnlarni o’qing. Ularning har biri adabiy nutqning qaysi uslubiga
xosligini aniqlang. 
1. Ma’lumotnoma Murodjon Yo’ldoshevga uning O’zabekiston Milliy 
teleradiokompaniyasida ishlayotganligi haqida berildi. 
2. Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil 
topadi. Bunday suv tabiatda uchramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi. 
3. G’alaba! Sen uyimizga sovg’a-salomlarga to’lib emas,atrofda bir holatda:tovoni 
teshik askar etigini kiyib, horib-charchab, sillang qurigan holda kirib kelding. 
5-mashq.Yuqoridagi ilmiy matn mazmunini jadval ko’rinishida ifodalang 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Savol va topshiriqlar 
1. Adabiy nutq me’yorlari haqida nimalarni bilasiz? 
2. Adabiy nutqning uslublari deganda nimani tushunasiz? 
3. Adabiy nutqimizning keng qo’llanuvchi uslublari qaysilar? 
4,Oila a’zolari shevada suhbatlashmoqda.Ulardan faqat bittasi, shevada erkin
gaplasha olsa-da, adabiy nutqda so’zlamoda. Bu to’g’rimi? Nega? 
4. Adabiy nutqni yaratishga qanday ehtiyoj sabab bo’ladi? 
V. Uyga vazifa
6-mashq.Quyidagi izohlardan uslub, malaka, sheva, targ’ibot, adabiy so’zlarining
ma’nosini aniqlab, lug’at daftaringizga ko’chiring va uni og’zaki bayon qilishga 
tayyorlaning.


VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. 
 
O’IBDO’:
 
 
 
________________



Download 345,94 Kb.
1   2   3   4   5




Download 345,94 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: kirish suhbati. «SO’zdan so’zning farqi bor »

Download 345,94 Kb.
Pdf ko'rish