Qurilmaning tuzilishi va ishlashi




Download 8,06 Mb.
bet117/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Elektromagnit induksiya hodisasini kuzatish uchun g‘altak, magnit o‘zagi va galvanometr (yoki mikroampermetr)dan iborat zanjir yig‘iladi. Induktsion tokning hosil bo‘lishini kuzatish uchun simli g‘altak uchlari galvanomеtr (yoki mikroampermetr)ga ulanadi (1-rasm). Magnit o‘zagini g‘altak ichiga kiritib va ichidan chiqarib galvanometr strelkasining og‘ishi kuzatiladi.














Ishni bajarish tartibi:


  1. G‘altak-kalava uchlari mikroampermetr (yoki galvonametr)ning qisqichlariga ulanadi.

  2. Magnit o‘zagining shimoliy qutbi g‘altak-kalava ichiga kiritiladi va mikroampermetr strelkasining og‘ishi kuzatiladi.

  3. Magnit o‘zagi shimoliy qutbi g‘altak-kalava ichidan tashqariga chiqariladi va mikroampermetr strelkasining harakati kuzatiladi.

  4. Magnit o‘zagi g‘altak-kalava ichida aylantiriladi va mikroampermetr strelkasining harakati kuzatiladi.

  5. Magnit o‘zagining janubiy qutbi g‘altak-kalava ichiga kiritiladi va mikroampermetr strelkasining og‘ishi kuzatiladi.

  6. Magnit o‘zagi janubiy qutbi g‘altak-kalava ichidan tashqariga chiqariladi va mikroampermetr strelkasining harakati kuzatiladi.

  7. Magnit o‘zagi g‘altak-kalava ichida aylantiriladi va mikroampermetr strelkasining harakati kuzatiladi.



Qo‘shimcha ma’lumot

Elektromagnit induksiya hodisasi o‘tkazgichni o‘rab turgan yuza orqali o‘tuvchi induksiya oqimi o‘zgargan barcha hollarda yuz beradi. Elektromagnit induksiyaning xususiy holi o‘zinduksiya hodisasi ham ko‘p uchraydi. Eletromagnit induksiya hodisasining xususiy holi – o‘zinduksiyani quyidagi tajribada ko‘rsatish mumkin. Po‘lat o‘zakli indiktivlik g‘altagiga ketma-ket qilib 2 lampochka ulansin, 1 lampochka esa g‘altaksiz aktiv qarshilik bilan ketma-ket ulangan (1-chizma). Zanjir tok manbayiga ulangandan so‘ng, K kalit qo‘shilganda 1 lampochka darhol yonadi, 2 lampochka esa kechikib yonadi, ya’ni undan o‘tayotgan I tok kuchi asta-sekin maksimal qiymatga erishadi.



1-chizma

1-b, chizmadagi K kalit yordamida zanjir manbadan uzilisi paytida ampemetr orqali o‘tayotgan tok, avval K kalit ulangan holdagi undan o‘tgan tokdan katta bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu hodisa o‘zinduksiya deyilib quyidagicha tushuntiriladi: g‘altakdan vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan tok o‘tganida, uning atrofida vaqt boyicha o‘zgaruvchan magnit maydon hosil bo‘ladi. G‘altakni kesib o‘tuvchi induksiya oqimini o‘zgarishi g‘altakning o‘zida EYK ni induksiyalaydi. Shu sababli bu hodisaga o‘zinduksiya deyiladi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   197




Download 8,06 Mb.