Agar bir necha elektrolit eritmasi orqali (ketma-ket ulangan holda) bir xil miqdorda elektr o`tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning og`irlik miqdorlari ayni moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional bo`ladi.
Bu xulosa Faradeyning 2-qonuni deb ataladi va uning matematik
ifodasi:
Э 96500 К
ligidan
K 1 Э
965000
kelib chiqadi.
Agar bu qiymat Faradeyning 1- qonuni formulasi o`rniga qo`yilsa:
m Э i t
965000
kelib chiqadi va bu formula Faradeyning 1- va 2-
qonunlarining matematik ifodasidir.
Elektroliz jarayonida asosiy jarayondan tashqari turli qo`shimcha hodisalar ham sodir bo`lib turadi. Shuning uchun ham ma`lum miqdor elektr berilganda elektrodlarda ajralib chiqadigan moddaning miqdorlari Faradey qonunlari bilan hisoblanadigan miqdordan kamroq bo`ladi. Shunga ko`ra «tokka nisbatan unum» yoki «elektroliz unumi» degan
tushuncha kiritilgan. Agar elektroliz unumi -(nyu) harfi bilan
belgilansa:
m1 100%
m
Bu yerda m – Faradey qonuni bo`yicha ajralib chiqadigan moddaning massasi, m – amalda ajralib chiqadigan moddaning massasi. Agar bu qiymatga Faradeyning 1-va 2- qonunlari ifodasiga qo`yilsa:
m1 96500 100%
Э J t
formulaga ega bo`lamiz.
Test masalalarinida ko`pchilik hollarda vaqt soatlarda beriladi, bunday holatda 1 soat = 3600 sekund ekanligini hisobga olinsa, 96500:3600 = 26,8 amper-soat qo`yib echilsa ham bo`ladi.
|