Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo




Download 330,13 Kb.
bet48/52
Sana27.01.2024
Hajmi330,13 Kb.
#146929
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org (2)

АuС1→ АuС1+ С12(4)
Oltin xlor tuzi sarik-limon rangli kukun, uchmaydi va uy xaroratida buglanmaydi, suvda yaxshi parchalanadn va oltin xlorid
3АuС1= Аu + АuС13(5)hosil buladi.
Bu reaksiya issiqda tezroq boradi. Oltin, xlor turli qaytaruvchilar oltingugurt, angidrid gazi, ko’mir bilan qalay xlori bilan, tellur gidrazin va shavel kislotasi bilan metall xoligacha qaytariladi.

Oltin kislorod bilan ko’kimtir va binafsha rang Au2O, hamda qora rangli kukunni hosil qiladi, hosil bo’lish reaksiyasi:


2AuCl+K2CO3+2H2O→Au2O+H2CO3+2KCl+H2O (6)
Xosil bo’lgan Au2O oltin ikki oksidi 250°C metall holiga va kislorodga parchalanib ketadi: (Au2O→ Au+1/2O2);
Oltin oksidi quyidagi reaksiya bilan olinishi mumkin:
2AuCl3+3Mg(OH)2→Au2O3+3MgCl2+3H2O (7)
2. Oltin konlari tomirsimon va sochma konlarga bo’linadi. Tomirsimon konlar ham o’z navbatida endogen va ekzogen konlarga bo’linadi. Bu konlar rudalari tarkibi minerallari har xilligi bilan boshqalaridan ajralib turadi, kelib chiqishiga ko’ra ular gidrotermal sinfga mansubdir. Bu konlarning kelib chiqishi turli xil chuqurliklardan olinishiga asoslangan bo’lib ular 10 metrdan 4-5 kilometrgacha cho’ziladi. Tomirsimon endogen konlar tomirlar(jila)i, sayoz tomirli rudalardan iborat bo’lib, ularning chuqurligi 10metrdan 1000metrgacha uzunlikda bo’lishi mumkin. Bunday mustahkam va yirik tomirlarni Kolar(Hindiston)da uchrab, uzunligi 20km, chuqurligi 3,2km va tomir qalinligi 1,2km, Mazer-Lod(AQSH)da uzunligi 200km, shuningdek Enisey va O’rta Osiyo tog’larida.
Tomirsimon rudalarning mineralogik tarkibi juda murakkab. Bu rudaning asosiy tarkibini kvars egallb u rudada 10%dan 95-98%gacha yetadi. Shuning bilan birgalikda uning tarkibida kam miqdorda temir sul’fid(pirit), mis(xalkopirit), mishyak(arsenopirit), qo’rg’oshin, rux, vismut, kumush. Sulfid bo’lmagan minerallar oksid shaklida, karbonat shaklida, barit, turmalin, kaolin, gematit, magnetit, uglerod slanslari, grafit shaklida uchraydi.
Tomirsimon endogen konlar mahsulot tarkibi va hosil bo’lish sharoitiga ko’ra 2guruhga bo’linadi. Oltin-sulfidli-kvarsli ruda –kvarsruda va tomirlaridan iborat bo’lib 0,5-30% sulfide mineralidan iborat. Oltin bu rudalarda bir xil taxsimlanmagan. Oltin yirikligi mayindan to yirik bo’lak va balki erkin holda ham uchraydi. Ruda tarkibida oltin miqdori 10-50uramdan 1000 g/t gacha yetadi. Bunday konlar Kanada, AQSH, Braziliya, Avstraliya, Gana, Zimbabveda keng tarqalgan.
Sulfidli rudalar qatlamlardan, mayda tomirlardan tashkil topadi. Oltin rudada mayin zarra shaklida uchrab miqdori 1-2g/t dan oshmaydi. Bu rudalardan oltin yo’ldosh usulda mili , ruxli rudalarni qayta ishalsh vaqtida ajratib olinadi. Sulfidli oltintarkibli rudalar quyidagi guruxlarga bo’linadi: oltin-piritli, oltin-mishyakli, oltin-misli, oltin-surmali, oltin-uranli va oltin yarimmetalli rudalar.
Ekzogen oltin konlari – bu mis kolchedan va yarimmetalli mineral konlaridan iborat. Bu zonalar oksidli temir birikmalari bilan qoplangan bo’lib «jelezniy shlyapki» deb ataladi va ular ildizsimon oltin rudalariga boy bo’ladi va sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bunday rudalar Ural va Qozog’istonda qayta ishlanadi.
Sochma oltin konlari – bu yumshoq oltinga boy mahsulotlar bo’lib ular tomirsimon rudalarning parchalanishi hisobiga hosil bo’lgan.
Elyuvial sochma rudalar tomirsimon rudalarning yuzaga chiqishi yoki ulardan qutulish natijasida hosil bo’ladi.
Delyuvialniy sochma konlari qiyaliklarning elyuvial harakatlanishidan hosil bo’ladi. 1- Chizma. Ular kambag’al rudalar sinfiga mansub bo’lib shuning uchun sanoat miqyosida qo’llanilmaydi.

Ildizsimon konlar

1-Chizma. Daryo bo’yi konlarining ko’ndalang kesim yuzi sxemasi:
I – allyuvialniy, 1 – daryo o’zani, 2 –qiyalik, 3 – vodiy, 4 – pog’onali; II delyuvial, III – elyuvial.

Allyuvialsochmakonlargapog’onali, vodiyli, qiyalivao’zanlikonlargabo’linadi. Pog’onali sochma konlar daryo o’zanlarining faoliyati natijasida hosil bo’ladi.


Og’ir fraksiya hisoblanmish sochma konlarning mineralogik tarkibi kassiteritdan, volframitdan, sheelitdan, ilmenitdan, kolumbitdan, granatomdan, rutildan, sfenomda, topazomdan, sirkoniydan iborat. Bu minerallarning rudadagi miqdori shuningdek oltinning granulometrik shakli va uning zarralari shakli boyitish jarayoniga ta’sir etadigan asosiy omillardan hisoblanadi. Sanoatda qayta ishlanadigan rudalar tarkibidagi oltin zarralarining yirikligi 0,1dan 4mm gacha bo’ladi. Oltin shaklining o’lchamiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: kesakli, sharsimon, yassi va silliq, cho’zinchoq(lentasimon, tayoqchali).

2. Oltinning passiv metalligini inobatga oladigan bo’lsak u minerallarda erkin holda uchraydi. Erkin oltinning odatiy qo’shimchalari bular kumush, mis, temir kam miqdorda mishyak, vismut, tellur, selen va boshqalar. Zarrachalrda erkin oltinning miqdori 75-90%, kumush 1-10%(bazan bu ko’rsatgich 20-40%gacha ko’tarilishi mumkin), temir va mis 1%. Mis rudalarida ba’zida oltin mis-oltin shaklida uchraydi, mi-nikel rudalarida –palladiyli,platinali,rodiyli oltinlar uchraydi. Erkin oltin minerallari quyidagi jadvalda keltirilgan.


Minerallardan kimyoviy birlashmaga ega bo’lganlaridan bular tellurid oltini(kalaverit AuТе2, silvanit AuAgТе4, krennerit AuAgTе2, petsit Ag3АuТе2 va boshqalar), shuningdek aurostibit АuSb2.
6-Jadval. Oltin minerallari 3 guruhga bo’linadi.

Guruhlar


Minerallar


Kimyoviy formulasi


Izoh

Erkin oltin va uning qattiq eritmalari

Erkin
oltin…...


Elektrum…………….
Kuproaurid………...
Amalgama………….
Bismutoaurid……….

Au
Au, Ag


Au, Cu
Hg, Au
Au, Bi

15%gacha Ag 15dan50%gacha Ag


20% gacha Cu
34% gacha Au
4% gacha Bi

Oltinning tellurli birikmalari


Klaverit……………


Sil’vinit……………
Petsit ………………
Nagiagit….……….

AuTe2


(AuAg)Te2
(AuAg)2Te
Au(Pb, Sb, Fe)8
(S, Te)11

Kimyoviy birikmalari beqaror.


Platina guruhi bilab birikkan oltin


Krennerit………….


Platinali oltin….…
Rodit….…….……..
Porpesit..….………
Aurosmirid..………

Au,Te2


AuPt
Au, Rh
Au, Pd
Au, Ir, Os

10% gacha Pt


30-40 gacha Rh
5 dan 11% gacha Pd
5% gacha Os va 5,7% gacha Ir

Erkin oltin ruda tarkibida turli xildagi noto’g’ri shakllarda joylashgan bo’ladi: ilmoqsimon, simsimon, taram tomirli, g’ovak, tangachali, tarmoqlangan, donador va boshqalar.


Erkin oltin bo’laklarining o’lchami keng ko’lamda o’zgaruvchan bo’lib-mikraskopda ham ko’rinmaydigan maydaligdan to 10-100kg li kata samarodkalarga bo’linadi. Oxirgi holat kamdan kam hollarda kuzatiladi. Aksariyat oltin miqdori ruda tarkibida mayin 0,5-1,0mm holda uchraydi.
Oltinningb yirikligi-uning muhim texnologok xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Oltin bo’laklarining yirikligiga ko’ra quyidagi texnalogik guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
a) yirik olitin – bo’laklar yirikligi 0,1 mm(> 100 mkm), solishtirganda yanchish natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitiladi(juda yirik: 1-5mm; sof yoxud tug’ma oltin 5mm dan yirik);
b) mayin oltin – Bo’laklar o’lchami 0,1dan 0,001mm(100dan 1mkm)gacha – yanchish natijasida qisman ajraladi va yaxshi flotatsiyalanadi, sianidda yaxshi eriydi ammo gravitatsiyada qiyin ajraladi;
v) mayin zarrali — bo’laklar o’lchami 0,001 mm ( < 1 mkm);
g) juda kichik oltin — bo’laklar o’lchami 0, 1 mkm dan kichik.

Sulfidli rudalarning o’ziga xosligi.


Yirik oltin bo’laklari yanchish jarayoni natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitilganda oson ushlab qolinadi, ammo yomon flotatsiyalanadi va sianid eritmalarida sekin eriydi. Mayin oltin yanchish jarayonida sof holda kam holda uchraydi, qisman boshqa minerallar bilan birga keladi. Mayin tug’ma oltin yaxshi flotatsiyalanadi, sian eritmalarida tez eriydi, ammo gravitatsiya usulida yomon ajraladi. Mayinzarrali oltin – ko’p hollarda sulfid minerallari bilan bog’langan bo’lib yanchish natijasida kam miqdorda yuzasi ochiladi asosiy qism oltin pirit va arsenopiritda qoladi. Bunday oltin minerallari sian eritmalrida erimaydi, gravitatsiya va flotatsiya usulida u sulfidlari bilan birga ajraladi. Mayin zarrali oltin rudalari qiyin ajraluvchi rudalarga mansub bo’lib undan oltin maxsus usullarda ajratib olinadi.
Oltinning zarralarining yuzasi temir oksid va marganets, argentit (Ag2S), kovellin(CuS), galenit (РbS) va boshqa minerallar bilan qoplangan. Oltin yuzasidagi qavatlar yanchish vaqtida ham hosil bo’lishi mumkin.



Download 330,13 Kb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Download 330,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo

Download 330,13 Kb.