|
Sho‘rtan kompressor siquv stansiyasining ishlab chiqarishdagi axamiyati
|
bet | 3/3 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 144,41 Kb. | | #117913 |
Bog'liq 9-Ma\'ruza9.6 Sho‘rtan kompressor siquv stansiyasining ishlab chiqarishdagi axamiyati.
Uzbekiston Respublikasida Mustaqillik yillari davrida, ulkan inshootlar, binolar va ishlab chiqarish korxonalari kurildi va ishga tushirildi, dunyo tarakkiyotida o‘z urnini topdi. Respublikamizning neft va gaz zaxiralariga boy ulka bo‘lganligi sababli chet el davlatlarining nazarini uziga tortdi. Sungi 10 yillikda juda ko‘pgina neft va gaz, gaz kondensat konlari ishga tushirildi, ularni kayta ishlaydigan korxonalar kurildi.
Gaz konlaridagi qatlam bosimini tushib ketayotganligi sababli, keyingi yillarda Sho‘rtan siquv kompressor stansiyasi, Ko‘kdumaloqda kompressor siquv stansiyalari kurib ishga tushirildi.
Sho‘rtanneftgaz UShK balansida 14 gazkondensat va neft konlari mavjud bo‘lib, karbon suvli maxsulotlari zaxirasini ochish maksadida sakkizta kelajakda istikboli bor konlarda geologik kidiruv ishlari olib borilmoqda.
Sho‘rtanneftgaz UShK balansida yirok Sho‘rtangazni kayta ishlaydigan zavod bo‘lib, u Respublikamizdagi 93% tabiiy gazni kazib oladi va 65% suyultirilgan gazni ishlab chiqaradi. Bu yerda tabiiy gaz, gazkondensat, neft, PBF, gaz oltingugurt, marmar plitkalar ishlab chiqariladi.
Sho‘rtan konida 2003 yil kuzida “Vatellan” (Isroil) kompaniyasi bilan birgalikda sikuvni yakunlovchi kompressor stansiyasi (SYaKS: ruscha DKS) kurib tugallandi. SYaKS-ni kurishdan maksad kirishda gaz bosimini ushlab turish va talab etilgan ko‘rsatgichda Sho‘rtan kimyo gaz majmuasiga 11 MPa bosimda gazni siqib xaydab berishdan iboratdir.
Uning utkazish unumdorligi (ko‘rsatgichi) 2002 yilda sutkasiga 408 mln m3, 2,5 mln m3 sutkasiga 2003 yilgacha.
SYaKS gazni bir yillik uzatish xajmi 13.5 mlrd. m3 ga teng.
Kompressor stansiyasi gazni siqib xaydab berishdagi talab etilgan quvvati boshlangich davrda 44,0 mln vt-ni tashkil etadi. Shunday qilib tabiiy sharoitlarni va rayon maydonini joylashuvini, zaxira manbaini hisobga olgan holda KS-ni kurilishda o‘rnatilgan quvvati 92 mln vt-ni tashkil etadi.
Kompressor agregati 4 ta bir korpusli, ikki zinali kompressor Datum Dresser-Rand, DR-61 – turbin uzatgichli, General Elictric firmasining LM2500 modelli gaz generatori bilan jixozlangan. Kompressor 4 ta bir xil texnologik gazni kayta ishlash agregati tizimida o‘rnatilgandir.
Nazorat savollar.
1. Kompressor qurilmasining tarkibi haqida ma’lumot bering?
2. Karbon suvli gazlarni sikuvchi kompressor qurilmasi to‘g‘risida ma’lumot bering?
3. Suv bilan sovutish jarayoni haqida ma’lumot bering?
4. Barqaror va qochma kompressor qurilmalari haqida ma’lumot bering?
5. Kompressorlar qanday moylanadi?
6. Tozalagichlarni ishlash tartibi haqida ma’lumot bering?
7. Gaz va moylarni sovutish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
8. Separatorlar nima?
9. Gaz yig‘gichlarni vazifasi nima?
10. Sho‘rtan siquv kompressor stansiyasini axamiyati to‘g‘risida ma’lumot bering?
|
| |