Ma’ruza-17. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Ma’ruza rejasi




Download 37.97 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi37.97 Kb.
#98011
  1   2
Bog'liq
2-Maruza
article, Amaliy shahzod, Bank ishi, 5454545454545454, 19-120 4-SINF TABIATSHUNOSLIK DARSLIGINI TAHLIL QILISH VA TAQRIZ YOZISH, Kurs ishi ekspluatatsiya Raxmatov J, Boboqulov Jahongir, amaliy ishi 5, Mavzu Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari tashkliy ta’mino

Ma’ruza-17. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish


Ma’ruza rejasi
17.1.Gazlift usulida ishlatish tavsifi.
172.Ko’targichning ish prinsipi.
Tayanch iboralar:Erlift, havo ko’targich, gazlift, gaz ko’targich, dinamik satx, kompressor stansiyasi, kompressor qudug’i usti armaturasi.
17.1.Gazlift usulida ishlatish tavsifi
Neft qudug’ini gazlift usulida ishlatishda favvoralanish sun’iy hosil qilinadi. Bu ikkala usulning bir-biridan farqi shuki, favvora usulida energiya manbayi qatlamdan kelayotgan gaz hisoblansa, gazlift usulida ishlatishda suyuqlikni quduqdan ko’tarib olish yuqoridan haydalayotgan siqilgan havo yoki gaz energiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Agar quduqqa siqilgan havo haydalsa, bu qurilma erlift (yoki havo ko’targich) yoki sikilgan gaz haydalsa gazlift (yoki gaz ko’targich) deb ataladi. Ishchi agentni haydashda compressor qurilmasidan foydalanilsa kompressorli gazko’targich usuli, kompresor ishlatilmasa kompressorsiz gazko’targich usuli deb nomlanadi.
Kompressor usulining asosiy afzallik tomonlari:
1. Jixozlar tuzilishining oddiyligi; Quduqqa murakkab jixozlar tushirilmaydi balki tez echiladigan mexanizmlar tushiriladi.
2. Barcha jixozlarning er yuzasida joylashtirilishi:
3. Ko’p miqdorda suyuqlik olish mumkunligi;
4. Quduq debitini boshqarishning oddiyligi.
5. Ishlatish jarayonida tiqin hosil bo’lishini oldini olish mumkinligi.
6. Quduqda ajralib chiqayotgan gazlar suyuqlikning oqishiga yordam qiladi.
Kompressor usulining afzallik tomonlari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud.
1) Ko’targich va kompessor – quduq tizimining foydali ish koeffisienti kichikligi, dinamik satx kichik bo’lganda 5% dan oshmasligi;
2) Quvurning ko’p ishlatilishi, ayniqsa tiqin hosil bo’lishi mumkun bo’lgan quduqlar uchun.
3) Qimmat baho kompressor stansiyalarining qurilishi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki kompressor usulida ishlatish uchun bir quduqni jixozlash uchun ketgan xarajat nasos quduqlarini jixozlash uchun ketgan harajatdan 3-4 marta ortiq bo’ladi. Quduq debiti pasayishi bilan 1tn neft qazib olish uchun energiya sarfi ko’payadi. Shuning uchun past debitli quduqlarni kompressor usulida ishlatish yaxshi samara bermaydi.
Kompressor ko’targichi yordamida qazib olinayotgan suyuqlik miqdori unga haydalayotgan ishchi agent miqdoriga bog’liq bo’ladi.Bu bog’liqlik ko’taruvchi quvirlar tizmasining tushirilish chuqurligi ko’taruvchi quvir diametri va quduqdan chiqishdagi qarshi bosimlar ta’sirida ham o’zgarishi mumkin. Shu bilan birgalikda bir qancha ko’rsatkichlar ham ta’sir qiladi. Bularga neft qatlamining maxsuldorligi, ko’tariluvchi suyuqlik qovushqoqligi va zichligi quduqda ajralib chiqayotgan gaz miqdori va boshqalar. Bu ko’rsatkichlarning xilma xilligi kerak bo’lgan ishchi agent miqdorini nazariy aniqlashni qiyinlashtiradi.
Ko’p sonli mualliflarning kompressor ko’targichlarining hisobi va nazariyasi ustida ishlashi yaxshi natija bermadi. Bu yo’nalishda ishlardan V.S.Melikovning o’tkazgan eksprementlari, A.P.Krilovning empirik hisoblari, V.G Bagdasarovning ergazlift nazariyasi hisobi va amaliyoti bo’yicha olib borgan ishlarini hisoblash mumkin. Tekshirishlar natijasida gaz ko’targichlarini hisoblash uchun aniq formula topilmagan bo’lsada rasional ko’targichlarni loyihalashda foydalanish uchun bir qator prinsipial ko’rsatmalar o’rnatilgan. Bu ko’rsatmalar quyidagilar:
1)Suyuqlikni ko’tarish uchun ishchi agent miqdorini to’g’ri tanlash har-bir quduq uchun debitning ishchi agent miqdoriga bog’liqlik egri chizig’ini hosil qilib tajriba usulida aniqlash.
2)Taxmin qilingan quduq debitiga qarab ko’taruvchi quvir diametiri tanlanadi.
3)Kompressor quvurini botirilish cho’qurligini iloji boricha oshirish, bu ko’taruvchi quvur f.i.k.ning yuqori bo’lishini ta’minlaydi.

Download 37.97 Kb.
  1   2




Download 37.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza-17. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Ma’ruza rejasi

Download 37.97 Kb.