|
- bob. Fayl formatlarini qabul qiluvchi va ularga murojat qiluvchi dasturlar va platformalar ishlatiladigan qismlar bilan ishlash
|
bet | 6/11 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #246220 |
Bog'liq Документ Microsoft Word3 - bob. Fayl formatlarini qabul qiluvchi va ularga murojat qiluvchi dasturlar va platformalar ishlatiladigan qismlar bilan ishlash
3.1Fayl formatlarini qabul qiluvchilarga nimalar kiradi.
Biz kiritish va chiqarish operatorlari bilan tanishdik. Kiritish operatori yordamida ma’lumotlarni klaviatura orqali kiritish mumkin bo‘lsa, chiqarish operatori ma’lumotlarni ekranga chiqarar ekan. Ba’zan shunday masalalar uchraydiki, chiqarilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ekranga sig‘may qoladi. Ba’zi masalalarning natijalarini esa keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘yish lozim bo‘ladi. Bunday hollarda kerakli ma’lumotlarni fayl ko‘rinishida saqlash maqsadga muvofiq. Siz fayllar va ularning formatlari (matnli, grafik va hokazo) haqida yetarli ma’lumotga egasiz. Paskal dasturlash tili turli formatli fayllar bilan ishlash imkonini beradi. Paskalda fayllar bilan ishlash uchun maxsus fayl turdagi o‘zgaruvchilar (faylli o‘zgaruvchilar) kiritilgan. Faylli o‘zgaruvchilar orqali tashqi xotirada joylashgan fayllar ifodalanadi. Sonli o‘zgaruvchining qiymati son, satrli o‘zgaruvchining qiymati satr bo‘lgani kabi, faylli o‘zgaruvchining qiymati fayl bo‘ladi. Faylli o‘zgaruvchilar ham tavsiflanishi shart.
Biz quyida faqat matnli fayllar bilan ishlashni ko‘ramiz. Matnli fayllar har xil uzunlikdagi satrlardan iborat bo‘ladi. Bunda satr uzunligi 256 ta belgidan oshmasligi lozim. Matnli fayllarni ifodalovchi o‘zgaruvchilar Paskalning text xizmatchi so‘zi orqali tavsiflanadi. Masalan,
var fmatn : Text; {fmatn – matnli fayl}
Fayllar bilan ishlash uchun Paskalda quyidagi amallarni bajarish lozim:
Fayl turdagi o‘zgaruvchini tashqi xotiradagi fayl bilan bog‘lash;
Faylni “o‘qish” yoki “yozish” uchun ochish;
Fayldagi ma’lumotlarni o‘qish yoki faylga ma’lumotlarni yozish;
Faylni yopish.
Faylli o‘zgaruvchi tashqi xotiradagi fayl bilan Assign(f, ); operatori yordamida bog‘lanadi, bu yerda f – fayl turdagi o‘zgaruvchi; - tashqi xotirada joylashgan faylning nomini ifodalovchi satrli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas. Agar fayl joriy katalogda bo‘lmasa, uning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Masalan, “Navro’z.txt” fayli “D” diskning “Bayram” nomli katalogida joylashgan bo‘lsa, uning to‘liq nomi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
- bob. Fayl formatlarini qabul qiluvchi va ularga murojat qiluvchi dasturlar va platformalar ishlatiladigan qismlar bilan ishlash
|