• Write(f, ); va WriteLn(f, ); bu yerda f
  • Mavzu: Kompyuter grafikasi sohasidagi fayl formatlari va bir – biridan farqli jihatlari. Mundarija kirish




    Download 3,02 Mb.
    bet7/11
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #246220
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word

    d:\ Bayram \ Navro’z.txt
    Ushbu faylni f – faylli o‘zgaruvchi bilan bog‘lash uchun Assign operatori quyidagicha yoziladi:
    Assign(f, ‘d:\ Bayram \ Navro’z.txt’);
    Assign operatori faylli o‘zgaruvchining qiymatini, ya’ni tashqi xotiradagi aniq bir faylni belgilaydi. Bu faylga murojaat etish (undagi ma’lumotlarni o‘qish, yoki unga ma’lumotlar yozish) uchun uni “ochish” kerak. Matnli faylni bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham yozish uchun ochib bo‘lmaydi. O‘qish uchun ochilgan fayldan ma’lumotlarni faqat o‘qish mumkin. Yozish uchun ochilgan faylga esa ma’lumotlarni faqat yozish mumkin.
    Paskalda fayllarni “yozish uchun” quyidagi ikki xil usulda ochish mumkin:

    1. Yangi fayl hosil qilish va uni yozish uchun ochish;

    2. mavjud faylni unga ma’lumotlar kiritishni davom ettirish uchun ochish.

    Rewrite(f) operatori tashqi xotirada yangi fayl hosil qiladi va uni yozish uchun ochadi. U Assign operatori yordamida biror fayl bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Masalan, Assign(f, ‘sumalak.txt’); Rewrite(f); operatorlari bajarilgach, joriy katalogda “sumalak.txt” nomli yangi matnli fayl hosil bo‘ladi va unga ma’lumotlar yozish uchun ochiladi. Agar joriy katalogda xuddi shunday nomli fayl avvaldan mavjud bo‘lsa, endi u o‘chib o’rniga yangisi yoziladi.
    Faylga kerakli ma’lumotlar yozib bo‘lingandan so‘ng albatta yopilishi kerak. Paskalda ochilgan fayl Close(f) operatori yordamida yopiladi. Bu operator o‘qish uchun ochilgan fayllarni ham yozish uchun ochilgan fayllarni ham yopadi. Tashqi xotiradagi faylli o’zgaruvchiga mos fayl Close operatori ishlatilishidan avval albatta ochilgan bo‘lishi kerak.
    Faylga ma’lumotlarni yozish (ma’lumotlarni faylga chiqarish) uchun quyidagi operatorlar qo’llanadi:
    Write(f, ); va WriteLn(f, );
    bu yerda f – faylli o‘zgaruvchi, o‘zaro vergul bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas. Mazkur operatorlar da ko‘rsatilgan o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarning qiymatlarini faylga yozadi.
    1–misol. Joriy katalogda “Madhiya.txt” nomli fayl hosil qilib, klaviaturadan kiritilgan madhiyamizning 4 satrini faylning alohida satrlariga yozib qo‘yuvchi dastur tuzing.
    Yechish: Kiritilgan ma’lumotlarni faylning alohida satrlariga yozish uchun WriteLn operatoridan foydalanamiz.
    Program Madhiya1;
    Var _madh : Text; satr : String; m:integer;
    Begin
    Assign(_madh, ‘Madhiya.txt’); Rewrite(_madh);
    For m:=1 to 4 do begin
    Write(‘Madhiyamizning ‘, m, ‘satrini kiriting: ‘); ReadLn(satr);
    WriteLn(_madh, satr); end;
    Close(_madh);
    End.
    Biz tashqi xotirada yangi fayl hosil qilishni ko‘rdik. Ba’zan tashqi xotirada saqlanayotgan biror matnli faylni davom ettirish, ya’ni, unga yangi ma’lumotlar qo‘shish zarur bo‘lib qoladi. Bu holda Rewrite operatori o‘rniga Append(f) operatori qo’llanadi. Bu operator ko‘rsatilgan tashqi xotiradagi faylni “yozish uchun” ochadi. Ko‘rsatilgan fayl tashqi xotirada bo‘lmasa, xatolik yuz beradi. Demak, Append operatori yordamida ochilishi lozim bo‘lgan fayl tashqi xotirada albatta bo‘lishi shart.

    Download 3,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuter grafikasi sohasidagi fayl formatlari va bir – biridan farqli jihatlari. Mundarija kirish

    Download 3,02 Mb.