• IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar
  • Mavzu: Kompyuter grafikasi sohasidagi fayl formatlari va bir – biridan farqli jihatlari. Mundarija kirish




    Download 3,02 Mb.
    bet9/11
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #246220
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word

    5–misol. “sinf.txt” faylida 9-sinf o‘quvchilarining ro‘yxati berilgan. Ro‘yxatdagi barcha o‘quvchilarning familiyalarini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
    Yechish: Shart bo‘yicha takrorlash operatori – While dan foydalanamiz.
    Program Sinf;
    var fio : Text; fam : String;
    Begin
    Assign(fio, ‘sinf.txt’); Reset(fio);
    While Not(eof(fio)) Do begin
    ReadLn(fio, fam);
    WriteLn(fam); end;
    Close(fio);
    End.
    Dasturdagi takrorlash operatorining sharti - Not(eof(fio)) “yolg‘on” qiymat qabul qilmaguncha, ya’ni eof(fio) funksiyasi “rost” qiymat qabul qilmaguncha takrorlanish davom etadi. Eof(fio) funksiyasi “rost” qiymat qabul qilishi bilan, ya’ni “sinf.txt” faylida o‘qish uchun ma’lumotlar tugashi bilan takrorlanish to‘xtatiladi.
    Zarur bo’lsa bitta dasturda bir nechta faylni ochish mumkin. Agar ular navbat bilan, ya’ni bittasi yopilgandan keyin ikkinchisi ochiladigan bo‘lsa, bitta faylli o‘zgaruvchidan foydalanish mumkin. Aks holda ularning har biriga alohida faylli o‘zgaruvchi tavsiflanishi kerak.
    IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar

    1. Fayl turdagi o‘zgaruvchi deganda nima tushuniladi?

    2. Faylli o‘zgaruvchi tashqi xotiradagi fayl bilan qaysi operator yordamida bog‘lanadi?

    3. Rewrite operatorining vazifasini aytib bering.

    4. Ochilgan faylni yopish uchun qaysi operator qo‘llaniladi?

    5. Matnli faylga ma’lumotlarni yozish uchun qaysi operatorlardan foydalaniladi?

    6. Faylga yangi ma’lumotlar qo‘shish uchun uni qaysi operator yordamida ochish kerak?

    7. Ma’lumotlarni o‘qish uchun fayl qaysi operator yordamida ochiladi?

    8. Matnli fayldan ma’lumotlarni o‘qish uchun qaysi operatorlardan foydalaniladi?

    9. Read operatori bilan ReadLn operatorlarining farqini aytib bering.

    10. ReadLn operatorida bir nechta o‘zgaruvchi ishtirok etsa, ular qanday yoziladi?

    11. Eof funksiyasining vazifasini aytib bering.

    Mashqlar
    1. Hafta kunlarining nomlarini kiritib, ularni “HAFTA.TXT” faylida saqlab qo‘yadigan dastur tuzing.
    Program hafta_1;
    Var f : Text; kun : String; m:integer;
    Begin
    Assign(f, ‘hafta.txt’); Rewrite(f);
    For m:=1 to 7 do begin
    Write(‘Haftning ‘, m, ‘kuni nomini kiriting: ‘); ReadLn(kun);
    WriteLn(f,kun); end;
    Close(f);
    End.

    Download 3,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuter grafikasi sohasidagi fayl formatlari va bir – biridan farqli jihatlari. Mundarija kirish

    Download 3,02 Mb.