|
Mavzu: Kompyuter grafikasining haqida ma’lumot
|
bet | 10/11 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,37 Kb. | | #243896 |
Bog'liq Reja Kompyuter grafigi tushunchasi-www.fayllar.orgBosh sahifa ingl.: home page rus.: начальная страница Asosiy sahifa. Ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilinganligidan qat’iy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki vebsaytning boshlang‘ich sahifasidir. Odatda murojaatlar aynan veb-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni xohlagan boshqa sahifaga qaraganda ko‘proq. Bosh sahifa (veb-sayt yuzi) bo‘yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rish mumkinligi haqida tasavvur oladi (ba’zan bosh sahifa birinchi va yagona bo‘ladi).
Dastur ingl.: software rus.: программа 1. Hisoblash mashinasiga algoritmni beruvchi ko‘rsatmalar (buyruq yoki tasnif va operatorlar)ning ketma-ketligi. Dastur kompyuter tomonidan qaysi tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qaysi amallar bajarilishi va natija qaysi shaklda taqdim etilishini ko‘rsatadi. Kompyuterning boshqarish qurilmasi mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida berilgan dasturni qabul qiladi. Dasturni mashina tilida yaratish – noqulay va katta mehnat talab qiluvchi jarayon. Shuning uchun kompyuter uchun dastur inson tomonidan dasturlash tillaridan birida yaratilib, keyin esa kompyuterning o‘zi ushbu dasturni mashina tiliga o‘giradi. 2. Ma’lum natijani olish uchun kompyuter va boshqa kompyuter qurilmalari faoliyati uchun mo‘ljallangan jami ma’lumot va buyruqlarni taqdim etishning obyektiv shakli.
Elektron hujjat ingl.: electronic document rus.: электронный документ. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
Xulosa
Nuqtali rasm koordinatalar va rangga ega bo’lgan nuqtalar to’plamidan iborat. Grafik muharrir bu rasmni nuqtalarni ketma-ket chizgan holda tasvirlaydi. Oddiy holda nuqtali tasvirdan iborat bo’lgan fayl - rasmni birin-ketin hosil qiluvchi nuqtalar ketma-ketligi va ularning ranglarini o’z ichiga oladi. Minglab yillardan beri yaratib kelinayotgan rangtasvir asarlarini nuqtali grafikaning ilk ko’rinishi deyish mumkin.
|
| |