|
Tizimli platani tanlashning ba’zi masalalari
|
bet | 3/21 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 97,64 Kb. | | #119299 |
Bog'liq I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyat-fayllar.orgTizimli platani tanlashning ba’zi masalalari
../../../../../Program Files/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/qurilmalar/MSI6380_COPY.JPGPlatalarning bazaviy tipik o’lchamlari:
• 12x13,8 dyuymli Full-size AT (IBM PC ning birinchi modellarida ishlatilgan, hozir chiqarilmayapti);
• 8,57x13,04 dyuymli va ularning 8,57x9,85 dyuymli Mini AT ko’rinishdagi turi — Baby AT; ular «Slim Line» dan tashqari hamma korpuslarga o’rnatilishi mumkin (chiqarilmoqda, lekin ular ham sekin еskirib bormoqda);
• 9x13 va 8,2x10,4 dyuym o’lchamli, mos ravishda Slim Line korpuslarida o’rnatiladigan LPX va Mini LPX;
• ATX — tizimli shinaning еng yangi formati bo’lib, u Baby AT dan еlementlarning platada yanada qulayroq joylashishi (platani olmasdan turib, uning еlementlarini engil almashtirish imkonini beradi), yaxshi shamollatish (mikroprocessorga aloxida shamollatgichni o’rnatishni talab еtmaydi), yangi universal shina raz’yoni USB ning borligi va kompyuter ta’minotini modemdan yoki lokal tarmoqdan masofadan turib o’zish imkoniyatining borligi bilan farq qiladi. Platada tezkor xotira CD ROM ning faqat yangi turi uchun raz’yomlar o’rnatilgan.
1.2. Monitor (Displey)
VIDEOTERMINAL QURILMALAR
Videoterminal videomonitordan (displeydan) va videonazoratchidan (videoadapterdan) tashkil topgan. Videonazoratchilar SHK ning tizimli blokini tarkibiga kiradi (bosh platani raz’yoniga o’rnatiladigan videokartada joylashgan), videomonitorlar еsa bular SHK ning tashqi qurilmalaridir.
ЕNT asosidagi videomonitorlar
Videomonitor, displey yoki oddiygina monitor еkranda matnli va grafik axborotni aks еttirish qurilmasidir (qo’zg’almas SHK larda еlektronnur trubkasi (ЕNT) еkranida, ixcham SHK larda еsa suyuq kristalli tekis еkranda).
Monitor tarkibiga quyidagilar kiradi: ЕNT paneli, yoyish bloki, videokuchaytirgich, manba bloki va b.
Monitor еkranining o’lchami ../../../../../Program Files/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/monitor/display.jpg
Monitor еkranining o’lchami odatda uning diaganali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: IBM ga mos tushuvchi SHK larda еkranlarning quyidagi tipik o’lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 20 va 21 dyuym. Еng ko’p tarqalgan o’lchani — 14 dyuymli, lekin 1996 yiddan boshlab 15 dyuymli monitorlarni sotish ancha ko’paydi. Xakmkatan ham, 15 dyuymli monitorlar ishda sezilarli darajada qulay va sog’liq uchun zararsizroqdir (operator еkrandan uzoqroq o’tiradi), lekin ular birmuncha qimmatroqhamdir.
|
| |