• Komp’yuter tarmog‘i
  • Mavzu. Komp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari




    Download 347,02 Kb.
    bet1/9
    Sana13.02.2024
    Hajmi347,02 Kb.
    #155461
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3-MARUZA

    1. mavzu. Komp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari





      1. Komp’yuter tarmoqlari.

    Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini komp’yuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.


    Komp’yuter tarmog‘i – aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan komp’yuter va terminallar majmuasidir.
    Тarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida komp’yuter, komp’yuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborotlarning territorial joylashuviga ko‘ra komp’yuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo‘lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
    Global komp’yuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
    Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radioaloqa va kosmik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
    Mintaqaviy komp’yuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
    Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog‘langan bo‘ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.
    Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet komp’yuter tarmog‘i keng tarqalgan, ommaviylashgan global komp’yuter tarmog‘idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o‘zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O‘zining shaxsiy komp’yuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, uzoq masofada joylashgan biror kutubxonadagi adabiyotlar katalogini ko‘rib chiqishi, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy komp’yuter tarmoqlari tashkil etadi.
    Komp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa ulashning uch asosiy strukturasi mavjud:

    • halqasimon;

    • shinali;

    • yulduzsimon.


    Download 347,02 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 347,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Komp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

    Download 347,02 Kb.