Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni
amalga oshirish uchun har bir kishiga elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bugungi qonunchilik
talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanib, shuningdek Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat,
taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega
bo‘lishingiz kerak bo‘ladi.