1. O‘rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti sertifikatini berish bo‘yicha to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan ariza;
2.
Arizachining pasport nusxasi;
3. Xizmat ko‘rsatish uchun ariza tomonidan to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolagan shartnoma;
4. Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun to‘lov to‘langanligi kvitansiyasi yoki to‘lov talabnomasi.
Har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqa qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
ERI olish uchun uni olayotgan shaxs tomonidan eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi. Buni Click, MBANK,
UPAY to‘lov tizimlari orqali onlayn ham amalga oshirish mumkin.
Natija
Arizachiga elektron hujjat ko‘rinishida va qog‘oz shaklidagi hujjat ko‘rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari
sertifikatlari beriladi.
Infografika:
Elektron imzo tushunchasi va uning vazifasi
22/09/2022
rsem
Axborot texnologiyalari bilan birga axborot tizimlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi turli manbalardan ma’lumot olish tezligini sezilarli
darajada oshishiga olib keldi. Davlat muassasalari, tijorat korxonalari va jismoniy shaxslarning axborotni elektron shaklda yarataolishi, saqlay
bilish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda elektron hujjat aylanish tizimlarini joriy etish jadal suratlarda amalga
oshirilmoqda va bu iqtisodiyot tarmoqlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Shu bilan birga qog‘oz shaklidagi hujjatlar kabi elektron
hujjatlarning ham xavfsizligi, uning begona shaxslar tomonidan ruxsatsiz foydalanilishi, o‘zgartirilishi yoki soxtalashtirilishi kabi noqonuniy
amaliyotlar hatarining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida axborotlarni kriptografik shifrlash
usullaridan foydalaniladi.
Barchaga ma’lumki har qanday ma’lumotlar yoki axborotlar belgilangan tartibda egasi tomonidan imzolangandan keyingina hujjat maqomiga
ega bo‘ladi, elektron ma’lumotlar ham elektron hujjat bo‘lishi, ushbu hujjatni elektron imzo (ya’ni elektron raqamli imzo – ERI) bilan imzolash
zarur bo‘ladi.
Elektron hujjat aylanish tizimlari va elektron raqamli imzo bilan bog‘liq bir nechta atamalar mavjud va bu atamalarni bir biridan farqlash, to‘g‘ri
qo‘llash muhim xisoblanadi, shu sababdan quyida ushbu atamalrni izohi bilan keltirib o‘tsak: