Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti – elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzo
yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo
kalit haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati – elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini
tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat;