Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar




Download 18,03 Kb.
bet4/5
Sana30.11.2023
Hajmi18,03 Kb.
#108037
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Kon sanoatining kompleksining asosiy elementlari Reja-fayllar.org

Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar

Yer qobig‘i yoki litosfera — bu yuqoridan gidrosfera va atmos- fera bilan, ostidan esa mantiya bilan chegaralangan, qalinligi 15— 70 km ga teng Yerni o‘rab olgan tosh qobiq bo‘lib, turli jinslar- dan tashkil topgan. Kon jinslari, o‘z navbatida, tub va ustama jinslarga ajraladi.


Tub jinslar — hosil bo‘lgan joylaridan qo‘zg‘almagan va buzilmagan (parchalanmagan) jinslar.
Ustama jinslar — tub jinslarning buzilishidan (parchalanib, maydalanishidan) hosil bo‘lgan yumshoq cho‘kindi jinslar.
Tub jinslar, asosan, issiqlik, sovuqlik va suv oqimi ta’sirida yemiriladi. Buning natijasida hosil bo‘lgan jins zarrachalari o‘z o‘rnida qolgan yoki shamol va suv oqimi ta’sirida ma’lum maso- faga ko‘chgan bo‘lishi mumkin.
Tub jinslar hosil bo‘lishiga nisbatan magmatik, cho‘kindi va metamorfik guruhlarga bo‘linadi.
Magmatik jinslar erib turgan magmaning sovushidan hosil bo‘lib, ularga granit, siyenit, diorit, gabbro, diobaz, bazalt va shu kabi boshqa qattiq kon jinslari kiradi.
Cho‘kindi jinslar, asosan, yog‘ingarchilik natijasida suv tar- kibidagi jins zarrachalarining cho‘kishi, shuningdek, muzliklar harakati natijasida hosil bo‘lib, ularga ko‘mir, argellit, alevrolit, qumtosh, ohaktosh, gil kabi jinslar kiradi.
Metamorfik jinslar — magmatik va cho‘kindi jinslarning yer ostida bosim va harorat ta’sirida o‘zgargan ko‘rinishi bo‘lib, ularga, asosan, kvarsitlar va marmarlar misol bo‘ladi. Yer qobi- g‘ining yuqori qismi (16—20 km chuqurlikkacha), asosan, 4 %ni, cho‘kindi jinslar esa 1 %ni tashkil qiladi.
Kon jinslari bitta yoki bir necha mineral zarrachalardan tashkil topgan.
Yer qobig‘i yoki uning ustida sodir bo‘lgan fizikaviy-kimyo- viy hodisalar oqibatida hosil bo‘lgan tabiiy birikmalar mineral deb ataladi.
Kon jinslari va minerallar, agar ulardan tabiiy holda yoki qayta ishlashdan so‘ng foydalanish mumkin bo‘lsa, foydali qazilma hisoblanadi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsi- mon ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Foydali qazilma yotqizig‘ini o‘rab olgan jinslar puch (foy- dasiz) jinslardir. Kon jinslarini foydali qazilma va puch jinslarga ajratish nisbiy hisoblanadi.
Yer qobig‘ida tabiiy ravishda to‘plangan va ma’lum hajmga ega bo‘lgan jinslar foydali qazilma koni deb ataladi. Ular tub va sochma ko‘rinishda bo‘ladi.
Tub konlar — o‘zlari hosil bo‘lgan joydan qo‘zg‘almagan konlar. Sochma konlar esa tub konlarning fizik yemirilishi nati- jasida maydalanib, o‘z joyida qolgan yoki ma’lum masofaga shamol va suv oqimi orqali tarqalgan konlardir. Agar sochma konlar maydalangan joyida qolgan bo‘lsa, bunday konlarni elyuvial sochma konlar, tub konga nisbatan ma’lum masofaga tarqalgan bo‘lsa, delyuvial sochma konlar deb yuritiladi.
Qazib olinayotgan foydali qazilmaga nisbatan konlarni ruda va noruda konlariga ajratiladi. Tarkibida turli metallar, kimyo sanoati uchun kerakli bo‘lgan minerallar (foydali komponentlar) bo‘lgan foydali qazilma konlari ruda konlari deyiladi. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, tabiiy qurilish materiallari konlari esa noruda konlaridir.



  1. Download 18,03 Kb.
1   2   3   4   5




Download 18,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar

Download 18,03 Kb.