|
Mavzu: Korporativ brend va unga xos stil. Korporativ brendga xos stilga muvofiq hujjat tayyorlash
|
Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 19,25 Kb. | | #156386 |
Bog'liq koparativ
14.02.2024 yil.
Mavzu: Korporativ brend va unga xos stil. Korporativ brendga xos stilga muvofiq hujjat tayyorlash.
korporativ brend gʻoyasi
bilan ham bogʻliq hisoblanadi. Agar muayyan kompaniyaning
hujjatlarida unga tegishli logotip yoki o‘ziga xos stil boʻlmasa,
hatto ular sizga yoqqan narsa yaratgan boʻlsa-da, ularni
payqamay qolishingiz va ular haqidagi maʼlumotlarni
tanishlaringiz bilan bo‘lisholmaysiz. Kompaniyani biror usul
orqali tanish imkoniyati ular haqidagi fikrning shakllanishiga
yordam beradi. Reklamada biror kompaniyaga xos stilga
koʻzingiz qanchalik koʻp tushsa, unga oid maʼlumotlarni
shunchalik koʻp eslab qolasiz hamda ushbu kompaniyaning
mahsulot va xizmatlaridan faoliyati yaxshi yoritilmagan
boshqa kompaniyaga qaraganda (bundan yaxshi emas,
ammo teng darajada boʻlgan) foydalanishingiz ehtimoli
oshadi.
KALIT SOʻZLAR
izchil stil: kompaniya hujjatlarida “bir xillik”ni hosil qiladigan,
korporativ hujjatlarda ishlatiladigan elementlar.
Korporativ brend: biror kompaniya yoki tashkilot
ishlatadigan reklama stilni ommalashtirish, targʻib qilish.
Odamlar stilni qancha koʻp koʻrsa, shunchalik ushbu
kompaniya yoki tashkilot bilan bogʻlanadi.
Bir xil stil: barcha hujjatlarda bir xil rang va logotip holati
aks etgan, bir xil tasvirlar va boshqa elementlardan iborat
kompaniyaning ishchi materiallaridagi stil.
14.02 Korporativ stilga mos
hujjatlar tayyorlash
Bu boʻlimni yaxshi tushunish uchun bir nechta amaliy
topshiriqlarni bajarish talab etiladi.
176
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
14.01-SAVOL
a Barcha hujjatlarda bir xil stildan foydalanish nega
zarurligini tushuntiring.
b Xatboshi belgisi nimani bildiradi?
c Nima uchun korporativ brend muhim?
Tasavvur qiling, siz yangi fastfud ovqatlanish joyining
marketing mutaxassisisiz va yangi olingan ishchilar uchun
oʻquv taqdimotini yaratishingiz lozim. Taqdimot yaratishni
boshlashdan oldin ushbu fayl uchun
master slaydni
tayyorlash kerak.
Taqdimot dasturida toʻrtta slayddan iborat yangi taqdimot
faylini yarating. Master slayd tagida joylashgan bir nechta
qoʻshimcha slaydlarga koʻzingiz tushadi. Bu master slayd
taqdimotda ishlatilishi uchun har xil slayd turlariga xos
maketdan iborat shablondir.
14.01. Asosiy slaydni yaratish.
Avval qoʻshimcha slaydlarda qo‘llaniladigan shablonni
tanlash zarur. Shundan keyin tayyor logotip,
shior, tasvir
va boshqa tegishli elementlarni qoʻllagan holda barcha
slaydlarda aks etadigan stil yaratish talab etiladi
|
| |