Mavzu. Korporativ huquq manbalari




Download 71,5 Kb.
bet4/6
Sana18.05.2024
Hajmi71,5 Kb.
#242308
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5343915364721903362

aksiyadorlik jamiyati – ustav kapitali aksiyadorlarning jamiyatga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo’linadigan tijoratchi tashkilotdir.

Tadbirkorlik faoliyatining ushbu tashkiliy-huquqiy shaklining o’ziga xos xususiyati chiqarilgan qimmatli qog’ozlar - aksiyalarni joylashtirish orqali ustav fondini shakllantirishdir.

Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar jamiyat aksiyadorlari bo’lishi mumkin.

Aksiyadorlik jamiyat ustavi AJning ta’sis hujjati hisoblanadi. Olimlar fikricha, aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasi o’zining yuridik tabiatiga ko’ra birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma hisoblanadi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Tarixiy prototiplari yoki modellari bo’lmagan mas’uliyati cheklangan jamiyat (Gesellschaft mit beschränkter Haftung, GmbH) yuridik tuzilmasi sun’iy ravishda Germaniya Adliya vazirligi tomonidan yaratilgan va 1892 yil 20 aprel kuni qonun sifatida qabul qilingan.

O’sha paytlar Germaniyada aholidan turli va’dalar bergan holda pul yig’ish orqali aksiyadorlik jamiyatlarini ommaviy (tartibsiz) ravishda tashkil etish natijasida paydo bo’lgan murakkab vaziyatni («gründen» davri - nemischa gründen - yaratish, topish, ta’sis etish) hal qilish uchun juda muvaffaqiyatli urinish bo’ldi. O’sha davrdagi qonunlar liberalizmidan foydalangan holda juda yuqori daromad keltirishni va’da qilgan foiz stavkalari Germaniya aksiyadorlarini ko’plab firibgarliklar va boshqa suiiste’molliklar qurboni bo’lishiga olib kelgan.

Mazkur tashkiliy-huquqiy shaklni yaratishdan maqsad kichik va o’rta tadbirkorlarga nisbatan kichik kapital va unchalik ko’p bo’lmagan ishtirokchilardan iborat huquq sub’ekti (yuridik shaxs) - korporatsiyalarni tuzish imkonini berdi, shu bilan birga mazkur korporatsiyaning ishtirokchilari tarkibining o’zgartirishga keng imkoniyat bermasligi uning ustunligi bo’ldi. Chunki, MChJlarda ta’sischilarning shaxsi muhim o’rin egallaydi, aksiyadorlik jamiyatlarida esa bunday “shaxsiy element” mavjud emas.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat– bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan xo’jalik jamiyati bo’lib, uning ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan hajmdagi ulushlarga bo’linadi.

Qaysi jihatlar MChJni biznes yuritish uchun eng jozibador tijorat tashkiloti turiga aylantiradi? Avvalo bu - aksiyalarni chiqarish va joylashtirishning hojati yo’qligi, ustav kapitalini juda tez oshirish qobiliyati (shu bilan birga, ishtirokchilarning “ichki zaxiralari” tufayli), o’z faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish zarurati yo’qligi munosabati bilan biznesni amalga oshirishda maxfiylikning yuqori darajasi; begona (uchinchi) shaxslarning jamiyat tarkibiga kirishiga cheklovlarning mavjudligi, ustavda ulushning uchinchi shaxslarga o’tkazish imkoniyatini ko’rsatilishi, ya’ni jamiyatda sanksiyalanmagan ishtirokchilarning o’zgarishidan himoya qiladi; jamiyat faoliyatini imkonsiz yoki sezilarli darajada faoliyatiga to’sqinlik qiladigan ishtirokchini chiqarib yuborish imkoniyati;

oddiy boshqaruv tartibi, shu jumladan boshqaruv modelini yanada moslashuvchan tanlash imkoniyati va kompaniya organlarining vakolatlari;AJga nisbatan yuridik tartibga solishning ancha keng dispozitivlik darajasi va MChJning ichki munosabatlarni tashkil etishda sezilarli darajada erkinligi.

Xo’jalik jamiyatlari o’rtasidagi eng muhim farq, aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining tuzilishi aksiyalardan iborat bo’lsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ishtirok etish hissalari, ularning huquqiy tabiati uzoq vaqt davomida davom еtayotgan munozaralar mavzusiga aylanmoqda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalida ulushning yuridik tabiati haqida bir qancha qarashlar mavjud:


Download 71,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 71,5 Kb.