• Bu xususiyatlar o’z ichiga quyidagilarni oladi
  • Mavzu. Korporativ huquq manbalari




    Download 71,5 Kb.
    bet6/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi71,5 Kb.
    #242308
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2 5343915364721903362

    societas fratrum yoki compagnia deb ataladi.

    Bu borada klassik misol sifatida aka-uka Ulrix, Georg va Yakob Fuggerlar tomonidan imzolangan eng qadimgi mashhur sheriklik shartnomasi asosida 1494 yilda Germaniyaning Augsburg shahrida Fugger bank uyini yaratilganligini ko’rsatish mumkin. Ushbu turdagi korporatsiyaning to’g’ridan-to’g’ri qonun bilan tartibga solinishi birinchi bor fransuz qonunchiligida o’z aksini topgan (1673 yilda Tijorat to’g’risidagi Qirollik Ordonansi qabul qilingan va unda u société générale deb atalgan va 1807 yildagi Savdo kodeksida “umumiy shirkat nomi ostida” – société en nom collectif u o’zining zamonaviy nomini olgan).

    Shirkat ishtirokchilari maqomining eng muhim huquqiy xususiyatlari uning faoliyatida shaxsan ishtirok etishi va qarzlari yuzasidan shaxsiy javobgarligidir. Bu boshqa ishtirokchilar bilan nisbatan uzoq va ishonchli munosabatlar zarurligini anglatadi, bu umumiy qoida sifatida ishtirokchini almashtirishni istisno qiladi va uning chiqishida shirkatni tugatishni talab qiladi. To’liq shirkatlarning har bir ishtirokchisi bir vaqtning o’zida uning organidir (o’z-o’zini tashkil еtish prinsipi – Selbstorganschaft); yollanma rahbarlar yoki boshqa uchinchi shaxslar ishtirokida boshqa organlar odatda yaratilmaydi. Shuning uchun, ishtirokchining shaxsiyati (identifikatsiyasi) sheriklik uchun juda muhimdir hamda shirkatning o’zi umumiy tabiatiga ko’ra odatda shaxslarning birlashmasi sifatida tavsiflanadi.

    Ishlab chiqarish kooperativi. Ishlab chiqarish kooperativi (artel) – fuqarolarning birgalikdagi ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik faoliyatiga a’zolik asosida ularning shaxsiy mehnatiga yoki boshqa shakldagi ishtirokiga va mulkiy pay badallariga asoslangan ixtiyoriy birlashmasi.

    Amaldagi qonunchilikda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish kooperativini belgilash uni tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri sifatida tavsiflovchi barcha xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bu xususiyatlar o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    - ixtiyoriylik asosida yuzaga keladi;

    - a’zolik ishlab chiqarish kooperativini tashkil еtish tamoyili sifatida;

    - ulush hajmidan qat’iy nazar ishtirokchilarning teng huquqliligi;

    - faoliyat usuli – o’zaro yordam va o’z-o’zini faollashtirishga asoslangan;

    - boshqaruvni tashkil etish-elektoratga va o’z-o’zini boshqarishga asoslangan;

    - ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik faoliyatini birgalikda amalga oshirish.

    Korporativ uyushmalar. Xolding. Xoldinglar bozor munosabatlarida iqtisodiy nazorat munosabatlariga asoslangan tijorat tashkilotlari uyushmasining eng keng tarqalgan shaklidir.

    Bir ishtirokchining boshqalar ustidan iqtisodiy nazoratining mavjudligi xolding birlashmasining asosiy xususiyati, uni tashkil etishda asosiy element hisoblanadi.

    Xolding – iqtisodiy aloqadorlik (bog’liqlik) ka asoslangan tashkilotlar (ishtirokchilar) guruhi bo’lgan biznes uyushmasining shakli bo’lib, uning ishtirokchilari rasmiy huquqiy mustaqillikni saqlagan holda o’z ish faoliyatida guruh a’zolaridan biri, ya’ni xolding kompaniyasi (bosh tashkiloti) ga bo’ysunadilar.



    Notijorat tashkilotlarining korporativ shakllari. Assotsiatsiya (uyushma) – bu yuridik shaxslarning va (yoki) fuqarolarning ixtiyoriy yoki qonunda belgilangan hollarda majburiy a’zolikka asoslangan va umumiy, shu jumladan kasbiy, manfaatlarni, qonunga zid bo’lmagan ijtimoiy foydali va boshqa maqsadlarga erishish uchun yaratilgan birlashmasidir.
    Download 71,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 71,5 Kb.