ashyoviy-huquqiy, majburiyat-huquqiy, mulkiy-huquq va korporativ-huquqiy. Bu haqda qo’shimcha manbalardan o’qib olishni tavsiya qilamiz.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari yuridik shaxslar va fuqarolar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmaydigan jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati kabi, uning yagona ishtirokchisi bo’lgan bir shaxs tomonidan tashkil etilishi mumkin. Jamiyat keyinchalik ham bitta a’zodan iborat jamiyat bo’lib qolishi mumkin.
MChJ ishtirokchisining huquqiy maqomining o’ziga xos xususiyati uning jamiyatdan chiqish huquqi taqdim etilishidir.
Jamiyat ishtirokchisini jamiyatdan chiqarish imkoniyati bu turdagi korporatsiyaning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Ishtirokchini mas’uliyati cheklangan jamiyatdan chiqarish faqat umumiy ulushi jamiyat ustav kapitalining kamida 10% ni tashkil etadigan ishtirokchilarning iltimosiga ko’ra sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi ulushni (ulushning bir qismini) o’tkazish muayyan tartibga rioya qilish zarurati bilan ancha murakkablashadi (MChJ to’g’risidagi qonunning 20-moddasi). Bu, ayniqsa, ulushni yoki uning bir qismini uchinchi shaxslarga o’tkazish, shuningdek, uchinchi shaxslarni jamiyatga qabul qilishga taa’luqli.
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat – ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdordagi hissalarga bo’lingan jamiyat; ,unday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo’lgan va qo’shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladilar.
Xo’jalik (savdo) shirkatlari. Umumiy majburiyatlar uchun cheksiz shaxsiy mulkiy javobgarlikka tortiladigan shaxslarning birlashmalari sifatida sheriklik qilish tarixan korporatsiyalarning birinchi shakllari bo’lgan. Biroq, ko’plab G’arbiy Yevropa huquqiy tizimlarida ular hali ham to’liq huquq sub’ekti emas, faqat tijorat huquqining yuridik shaxslari hisoblanib, biroq fuqarolik huquqining mustaqil sub’ektlari qatoriga kirmaydi.
To’liq (ochiq) shirkat O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada birinchi navbatda o’z biznesini davom ettirishga kerak bo’lgan marhum savdogarning merosxo’rlari (o’g’illari) birlashmasi sifatida vujudga kelgan. Italiyada korporatsiyaning bu shakli 13-asrdan boshlab
|