O’zbek huquqida xo’jalik jamiyatlarining uchta tashkiliy-huquqiy shakli mavjud:
1. aksiyadorlik jamiyati;
2. mas’uliyati cheklangan jamiyat;
3. qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat.
Odatda, aksiyadorlik jamiyatlari– yirik kapitalni birlashtirishning huquqiy shakli bo’lib, mas’uliyati cheklangan jamiyat va shirkatlar esa kichik biznes sub’ektlari uchun mos hisoblanadi.
Xo’jalik shirkatlari (shaxslar birlashmasi) va xo’jalik jamiyatlari (kapital birlashmasi) o’rtasidagi umumiy xususiyatlar sifatida quyidagilarni aytib o’tish mumkin:
1.Ularning barchasi tijorat tashkilotlari, ya’ni tashkil etilishining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan huquq sub’ekti bo’lgan yuridik shaxslardir. Shirkatlar ham, jamiyatlar ham fuqarolik huquqlariga ega bo’lishi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan fuqarolik majburiyatlarini bajarishi mumkin.
2.Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarining tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllaridan farqlovchi va ularni bir-biri bilan birlashtiruvchi o’ziga xosligi
shundaki, ularning xo’jalik faoliyati natijasida olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanadi. Foydani taqsimlashning shartlari va tartibi aniq tashkiliy-huquqiy shakllar bilan belgilanadi.
3.Xo’jalik shirkatlarida kapitalni birlashtirish, xo’jalik jamiyatlarida esa ustav kapitali ishtirokchilarning hissalaridan (ulushlaridan) tashkil topadi. Ishtirokchilarda ustav (jamlanma) kapitaldagi ulushning mavjudligi jamiyat (shirkat)ning mulkiga nisbatan ashyoviy huquqlarni yuzaga keltirmaydi, chunki ulush qonun bilan yuridik shaxslarga – shirkat yoki jamiyatga mulk huquqi asosida tegishlidir.
4. Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarining huquq va majburiyatlari mazmuni ko’p jihatdan bir-biriga o’xshash. Ishtirokchilarning nomulkiy yoki tashkiliy-boshqaruv huquqlariga quyidagilar kiradi:
- shirkat (jamiyat) ishlarini boshqarishda, shu jumladan umumiy yig’ilishlarda ovoz berish yo’li bilan ishtirok etish huquqi va nazorat qilish huquqi. Kommandit shirkatlar hissadorlari va aksiyadorlik jamiyati imtiyozli aksiyalar egalarining huquqiy holatini o’ziga xosligi (ba’zi hollarda, imtiyozli aksiyalar ham boshqarishda ishtirok еtish uchun imkoniyat beradi), ularning boshqarish va nazorat etishda ishtirok etish huquqlariga ega emasligi;
- shirkat (jamiyat) faoliyati haqida ma’lumot olish va uning buxgalteriya hisobotlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish.
Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari ishtirokchilarining mulkiy huquqlari qatoriga quyidagi huquqlar kiradi:
- ulush sifatida kiritilgan kapital bo’yicha foizlar yoki aksiyalar bo’yicha dividendlar olish yo’li bilan foydani taqsimlashda ishtirok etish;
- tugatish kvotasi uchun, ya’ni shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari ishtirokchilarining umumiy majburiyatlariga, xususan, quyidagilar kiradi:
- ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, summalarda, usullarda va muddatlarda hissalarni kiritish;
- shirkat yoki jamiyat faoliyati haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik.
Taqqoslash uchun asoslar
|
Xo’jalik shirkatlari
|
Xo’jalik jamiyati
|
Ishtirokchining yuridik shaxs majburiyatlari yuzasidan javobgarligi
|
To’liq sheriklarlarning solidar javobgarligi shirkatning javobgarligiga subsidar ravishda qo’llaniladi (mol-mulk kam bo’lgan taqdirda)
|
Javobgarlik yo’q. Ishtirokchilar (aksiyadorlar) ning o’z hissalari qiymati doirasidagi zararlarining tadbirkorlik xatari
|
Ishtirokchilarning tarkibi
|
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va tijorat tashkilotlari
|
Yuridik va jismoniy shaxslar, qonun hujjatlarida taqiqlanganlar bundan mustasno
|
Ishtirokchilar tarkibida o’zgarishlar bo’lish imkoniyati va oqibatlari
|
Ishtirokchining "chiqishi" sheriklikni bekor qilishni talab qiladi, agar qolgan ishtirokchilarning ta’sis shartnomasi yoki kelishuvida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo’lsa
|
Jamiyatda a’zolikning erkin tugatilishi mumkinligi, MChJda aksiyadorlik jamiyatlarida (ishtirokchilar) va (yoki) jamiyat tomonidan aksiyalarni (hissalarni) imtiyozli sotib olish huquqini oldindan qo’llash mumkinligi
|
|
|
Faoliyatni tashkil etish
Shirkat ishlari bevosita ishtirokchilar (sheriklar)ning o’zlari tomonidan yuritilishi
|
|
Jamiyat o’z faoliyatini boshqaruv organlari yordamida amalga oshiradi
|
Huquqiy tartibga solish tabiati
|
Dispozitiv-qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, ishtirokchilarning o’zaro kelishuviga asosan
|
Aksariyatda imperativ (ayniqsa, AJ uchun) - qonunga muvofiq; Nizomda ixtiyoriylik-faqat qonun hujjatlarida belgilangan chegaralar
|
Aksiyadorlik jamiyati. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga ko’ra,
|