|
Mavzu: Korxonani boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari
|
bet | 4/8 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 39,03 Kb. | | #259524 |
Bog'liq Korxonani boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari.YAkka boshqaruv har bir xo`jalik rahbari o`z vakolati doirasidagi masalalarni hal qilishda qonun tomonidan berilgan huquqlarga asosan bir o`zi (yakka tarzda) qaror qabul qilishini hamda korxona faoliyati uchun shaxsan javobgarligini anglatadi. Bundan tashqari, yakka boshqaruv xodim buyruqlarni faqat bitta bevosita (to`g’ridan-to`g’ri) boshliqdan olishi mumkin yoki shart bo`lgan hollarni ham anglatadi.
Kollegiallik
Korxona jamoasining ishlab chiqarish bilan bog’liq bo`lgan qarorlarni qabul qilishdagi faol ishtirokida ifodalanadi. Ma`lum bir ma`noda, ayniqsa, boshqaruvning iroda bilan bog’liq bo`lgan usullarida kollegiallik yakka boshqaruv qarama-qarshilikni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ushbu tamoyilning imkoniyatlari sezilarli ravishda kengaytirilgan.
Boshqaruvning har bir qadamda o`zini eslatib turuvchi tamoyilidir. Ko`p hollarda aynan shu tamoyilga ko`ra korxona va uning rahbariga tavsifnoma beriladi. Korxona rahbari qanchalik bilimli, tajribali, uning kasb mahorati va madaniyati qanchalik yuqori bo`lsa hamda u jamoa to`g’risida qanchalik ko`p qayg’ursa, tartib, adolat ko`rsatkichlari shunchalik yuqori bo`ladi. qisqaroq qilib aytganda, tartib – bu, har bir kishi va hamma narsa o`z joyida bo`lishini, adolat esa rahmdillik va odillikning uyg’unligini anglatadi. Korxona boshqaruvi vazifalarini bajaruvchi turli xil bo`lim, xizmat va bo`linmalar tarkibi, o`zaro munosabatlari va bir-biriga bo`ysinishini tushunish lozim. tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi. u boshqaruv idoralarining ma`lum bir tartibi, hokimiyat va bo`ysinish aloqalari, vertikal va gorizontal mehnat taqsimotining integratsiyalashuvini tashkil etadi. Tashkiliy tuzilma Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi vazifalarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1.Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish.
2.Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish) – joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish hamda istiqbolni ko`ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish. Rejalashtirishdan farqli ravishda bashorat qilish ehtimollik tavsifiga ega bo`ladi.
3.Tartibga solish – ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko`rsatkichlardan chetga og’ishlarni to`g’rilab borish.
|
| |