|
Mavzu: Kovalent bog’ nazariyasi
|
bet | 2/3 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 218,33 Kb. | | #243713 |
Bog'liq 7-tag\'dimotMezomer samara - Ta`sirlangan - sistemalarda urinbosarlar ta`siri ostida elektron zichlikning siljishi tufayli vujudga keladigan elektron samara mezomer samara deyiladi. Agar o`rinbosar o`z tarkibida bo`linmagan elektron juftini tutsa, ya`ni ta`sirlangan sistemada elektron zichlikni oshirsa u musbat mezomer samara (+M) ko`rsatadi. Bunday o`rinbosarlar elektronodonor o`rinbosarlar xisoblanadi va ular qatoriga OH, Hal, OR, NH2 guruxlari kiradi.
Agar o`rinbosar sistemada elektron zichlikni kamaytirsa, u elektronoaktseptor o`rinbosar xisoblanadi. Bunday o`rinbosar o`z tarkibida to`yinmagan guruxlar yoki to`liq musbat zaryad tutadi: NO2, -COH, -COOH, -SO3H va b. Bu guruxlar manfiy mezomer samara (-M) beradi. Mezomer samara qo`sh bog’dan yoki qo`sh bog’ga qaratilib egilgan strelka bilan ko`rsatiladi. elektron samaralar molekulada manfiy yoki musbat zaryadlar qanday taqsimlanganligini va bu molekulaning kimyoviy xossalarini oldindan aytib berishga imkoniyat beradi.
Organik molekulalarning aromatikligi
Xalqali uglevodorodlarda ta`sirlanish fazoda (xalqaning usti va ostida), barcha uglerod atomlarni birlashtiruvchi -sistema (umumiy elektron bulut) vujudga kelishiga olib keladi. Bu bulut xosil bo`lishida Xyukkel’ qoidasiga asosan (4n+2) ta - elektronlar qatnashishi kerak. SHuning asosida xulosa qilish mumkinki, modda aromatik bo`lishi uchun 3 ta qoidaga (mezonlarga) amal qilishi kerak:
yassi xalqaga ega bo`lishi
umumiy -elektron bulutga ega bo`lishi
Xyukkel’ qoidasiga rioya qilishi, ya`ni elektronlar soni (4n+2) formulaga tushishi
I-gurux o’rinbosarlari. - Bu guruxga induktsion ta'sir (+J) - M ko’rsatuvchi guruxlar kiradi. Bular alkil (R) guruxlaridir. Benzol xalqasida alkil gurux bo’lgan vaqtda yadrodagi xolatlarning reaktsion qobiliyai quyidagi tartibda kamayib boradi: o->m->n- bunga sabab alkil gurux, masalan, metil (CH3) benzol yadrosi tomon elektronlarni siljitib, yadrodagi elektron zichlikni oshiradi. Bu ta'sir masofa uzoqlashgan sari kamayib boradi. E
|
| |