|
Mavzu: Kovalent bog’ nazariyasi
|
bet | 1/3 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 218,33 Kb. | | #243713 |
Bog'liq 7-tag\'dimot Mavzu:Kovalent bog’ nazariyasi Atom va molekulyar orbitallar. Atomdagi elektronning holati. Atom tuzilishning korpuskulyar va to’lqin-mexanik modeli. Kvant sonlar. Kimyoviy bog’ning hosil bo’lishi. Valent bog’lar va molekulyar orbitallar metodlari. Atomlarning o’zaro ta’siri - Ma`lumki organik birikma molekulasidagi atomlar bir-biriga ta`sir ko`rsatib turadi va shu tufayli organik birikmaning xossalari shakllanadi.
- Atomlar bir-biriga bevosita birikkan holda yoki uzoqdan, ma`lum masofadan turib (bevosita birikmagan holda) ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bu ta`sir asosan 2 xil bo`ladi. 1) Induktsion ta`sir va 2) Mezomer ta`sir.
Induktsion ta`sir va uning xos xususiyatlari. - Organik birikmada uglerod atomi (yoki boshqa atom) elektromanfiyligi undan farq qiladigan atom tomon siljiydi. Buning natijasida atomlar qisman qutblanadi, bu esa o`z navbatida qo`shni bog’ elektronlarining siljishiga va atomlarning qutblanishiga sabab bo`ladi.
Ta`sirning oddiy (-bog’lar) bog’larning ketma-ket qutblanishi orqali uzatilishi induktsion ta`sir deb ataladi. Induktsion ta`sir J harfi bilan belgilanadi va o`z yo`nalishiga ko`ra musbat (QJ) va manfiy (-J) bo`lishi mumkin. Masalan:
Cl-atomining –J ta`siri
kislorod anionining +J ta`siri
Bunda qisman hosil bo`lgan zaryadlar ta`sir ko`rsatayotgan atomdan uzoqlashgan sari kamayib boradi, ya`ni +>’+>’’+ yoki ->’->’’-.
Induktsion ta`sirning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: - 1. Induktsion ta`sirning kuchi ta`sir ko`rsatayotgan atom yoki atomlar guruhining zaryadi ortishi bilan ortadi. Ion shaklidagi atom yoki atomlar guruhi kuchli va uzoq masofaga ta`sir ko`rsatadi.
- 2. Ta`sir ko`rsatuvchi atomning elektromanfiyligi qancha kuchli bo`lsa, uning manfiy induktsion ta`siri -J shuncha katta bo`ladi.
- 3. Barcha to`yinmagan guruhlar -J manfiy induktsion ta`sir ko`rsatadi va u guruhning to`yinmaganlik darajasi ortishi bilan kuchayadi.
- -J: -CR=CR2 < -CR=CR-CR=CR2 < C6H5- < -CR=C=CR2 < -CCR
- -J: -CRN=R < -CN < -SO2R < -NO2
- 4) bog’ining qutbliligi oz bo`lsada borligi uchun alkil guruhlar +J musbat induktsion ta`sir ko`rsatadi.
- +J: -CH3 < -C2H5 < -CH(CH3)2 < -C(CH3)3
- 5) Ta`sir ko`rsatuvchi atomning elektromanfiyligi qanchalik kichik bo`lsa, uning musbat induktsion ta`siri ___ shunchalik kuchli bo`ladi.
- +J: -Li > -BeR > -BR2 ; -Na > -MgR > -AlR2 > -SiR3
|
| |