Mavzu: Kuch transformatorlari, umumiy ma’lumotlar




Download 0,7 Mb.
bet1/6
Sana14.02.2024
Hajmi0,7 Mb.
#156547
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Montaj jura 111

MAVZU: Kuch transformatorlari , umumiy ma’lumotlar




REJA:


1. Umumiy tushunchalar
2. Transformatorning ishlatilishi

3. Bir fazali va uch fazali transformatorlarning tuzilishi 4. Transformatorlarning cho’lg’amlarini ulanish guruhlari

1. Umumiy tushunchalar


Xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarini elektrlashtirish jismoniy mehnatni yengillashtiradi va mehnat sharoitini yaxshilaydi. Shuning uchun xalq xo'jaligining barcha soxalarida elektr energiyasini iste'mol qilish tobora ortib bormoqda. Elektr stantsiyalari ishlab chiqargan elektr energiyasining 60% dan ko'prog'i elektr dvigatellari yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi.Xalq xo'jaligining turli soxalarida mahsulot ishlab chiqaradigan mashina va mexanizmlar turli xil elektr dvigatellar yordamida harakatga keltirilmoqda. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan elektr mashinasi elektr dvigatel` (motor) deyiladi. Amalda o'zgaruvchan va o'zgarmas tok elektr dvigatellari bo'yicha soxalarda, shuningdek xonadonlarda ham ko'plab ishlatilmoqda. Dvigatel` elektr stantsiyalarda elektr energiyasi uch fazali o'zgaruvchan tok sifatida ishlab chiqariladi. Elektr stantsiyalari energetika resurslari mavjud bo'lgan tumanlarda quriladi. Elektr uzatish liniyasida nobud bo'ladigan quvvatni kamaytirish maqsadida generator kuchlanishini bir necha marotaba oshirish kerak bo'ladi. O'zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini transformator yordamida o'zgartirish mumkin. Transformator statik elektromagnit apparat bo'lib, o'zgaruvchan tokning kuchlanish qiymatini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Hozirgi ko'pgina mashina yoki mexanizmlar elektr dvigatellari yordamida yuritiladi. Har qaysi fabrika, zavod, sex, mexanizatsiyalashgan transport va qishloq xo'jaligini ish mexanizmlarisiz tasvvur qilish qiyin.Elektr dvigatellarining xalq xo'jaligida ko'p qo'llanilishiga ularning FIKi nisbatan yuqori bo'lishi, ishga tushirish va to'xtatish uchun kam vaqt sarf bo'lishi sabab bo'lmoqda.Zamonaviy elektr mashinasi ko'p sonli turli qismlardan iborat. Ularning har biri, turli vazifani bajarsada, ularning birgalikda ishlashi ma'lum ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishga qaratilgandir. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashni zamonaviy boshqarish vositalariga ega bo'lgan elektr yuritmalarini qo'llamasdan amalga oshirishni tasavvur qilish qiyin.1838 yilda rus akademigi B.S.Yakobi tomonidan yaratilgan o'zgarmas tok elektr yuritgichni, Neva daryosidagi suv kemasini harakatga keltirish uchun qo'llanilishi, elektr yuritmaga asos bo'ldi. 1888-91 yillar orasida rus injeneri M.O.Dolivo-Dobrovol`skiy tomonidan yaratilgan uch fazali asinxron yuritgich esa elektr yuritmalarni keng rivojlanishiga sabab bo'ldi. Avtomatlashgan elektr yuritmalarining hozirgi paytda rivojlangan avtomatik boshqarish, nazorat qilish va rostlash nazariyasiga va vositalariga ega bo'lishi, yakka va bog'lanmagan avtomatizatsiyalashgan kompleks, ya'ni jamlangan va o'zaro bog'langan avtomatik sistemaga o'tish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan dastgohlar, qator murakkab mashinalar, sexlar va hatto zavodlar bor. Ularda butun ish jarayoni va boshqarishi avtomatlashtirilgan bo'lib xom-ashyo tayyor mahsulot darajasiga yetkaziladi. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani qo'llash mehnat unumdorligini ortishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga va tannarxining kamayishiga hamda ishlab chiqarish maydonining qisqarishiga olib keladi. Xalq xo'jaligining korxonalarida qo'llanilayotgan transformatorlar elektrotexnologik uskunalarini elektr energiyasi bilan sifatli va ishonchli tahminlashning garovi bo'lib hisoblanadi. Sanoatning ayrim texnologik jarayonlarining tezligini o'zgarmas tok dvigatellari yordamida keng ko'lamda silliq rostlash mumkin. O'zgarmas tok mashinalari bahzi texnologik qurilmalarda, yerdagi va havo transportlarida hozirgacha keng qo'llanilib kelinmoqda.


Download 0,7 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kuch transformatorlari, umumiy ma’lumotlar

Download 0,7 Mb.